So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar salomatligini muhofaza qilish, xususan, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Chunki bugun dunyoda ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoni bo‘lib, har yili minglab hayotlarni xavf ostiga qo‘ymoqda. Shu boisdan, 2025 yil 25 oktyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Erta aniqla – hayotni saqla” forumi nafaqat tibbiy jamoatchilik, balki butun jamiyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan tashkil etildi.

Tadbir mamlakatimizda “Ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurash oyligi”ning yakuniy bosqichi sifatida o‘tkazildi.

“Erta aniqla – hayotni saqla” forumi onkologik kasalliklarga chalingan ayollarga erta tashxis qo‘yish, davolash, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada samarali tashkil etishga qaratildi. Unda 500 nafardan ortiq yetakchi onkologlar, ginekologlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xususiy sektor hamda bemor ayollar ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekiston bilan bir qatorda Rossiya, Turkiya, Gruziya kabi davlatlarning nufuzli onkologiya markazlari vakillari ham qatnashib, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar. Bu esa mamlakat tibbiy tizimi uchun yangi imkoniyatlar va hamkorlik yo‘nalishlarini ochdi.

Forumda ayollar salomatligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Misol uchun: “Tana. Vaqt. Hayot” fotoko‘rgazmasi – ko‘krak bezi saratonidan sog‘aygan yoki davolanayotgan ayollarning jasorati va umidini aks ettiruvchi bo‘lib, o‘zi ham ushbu tashxis bilan yuzlashgan fotograf Natalya Ilina tomonidan taqdim etildi.

“O‘zgarish” loyihasi – saraton bilan kurashayotgan ayollarga o‘zini go‘zal va kuchli his qilish imkoniyatini berdi.

Onkopsixologik yordam dasturi – noyabrdan yanvargacha bepul onlayn va oflayn seminarlar, art-terapiya va guruh mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirildi.

Axborot portali va podkastlar seriyasi – aholining onkologik kasalliklar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish, ishonchli manbalar orqali ma’lumot tarqatish maqsadida yaratilgan yangi platforma sifatida ishga tushirildi.

Bu tashabbuslarning barchasi jamiyatda ayollarga nisbatan e’tibor va mehrni kuchaytirish, sog‘lom hayot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

[gallery-25928]

Forum doirasida Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan olis hududlarda yashovchi ayollar uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish choralari muhokama qilindi. Natijada xalqaro grantlar hisobidan mamlakatga besh dona zamonaviy mammograf apparati olib kelindi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik shifokorlar guruhi AQSHning yetakchi onkologiya markazida malaka oshirish kurslarida qatnashib, multidissiplinar jamoaviy ish uslubini o‘rganishi belgilandi. Bu tajriba keyinchalik mahalliy tibbiyot amaliyotiga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi. Qaror asosida 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan milliy dastur tasdiqlangan bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish, skrining dasturlarini kengaytirish, tibbiy asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va aholining sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha xabardorligini kuchaytirish.

Bu dastur mamlakatda ayollar salomatligini milliy xavfsizlik darajasida himoya qilish konsepsiyasining amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qiladi.

“Erta aniqla – hayotni saqla” forumi – bu shunchaki tibbiy tadbir emas, balki ayollar hayotini saqlab qolish, ularning ruhiy va jismoniy salomatligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy harakatdir. Bu tashabbus orqali yana bir bor isbot bo‘ldiki, saraton kasalligi haqida gapirish qo‘rqinchli emas, aksincha, hayotni saqlab qolish uchun zarur qadam.

Forumda ishtirok etgan shifokorlar, mutaxassislar, xalqaro ekspertlar va eng muhimi, bu kasallikka duch kelgan ayollar o‘z tajribalari bilan boshqalarga umid ulashdilar. Ularning hikoyalari – bu kurash, jasorat va hayotga muhabbatning eng yorqin timsolidir.

Bugun O‘zbekistonda ayollar uchun tibbiy yordam, erta tashxis va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi yangi bosqichga chiqmoqda. Eng muhimi, bu o‘zgarishlar orqasida insoniylik, g‘amxo‘rlik va mehr bor.

Shunday ekan, har bir ayol o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi, muntazam ko‘rikdan o‘tishi va eng kichik belgilarni ham e’tiborsiz qoldirmasligi lozim. Chunki erta tashxis – bu nafaqat hayotni saqlab qolish, balki umidni, kuch va kelajakni asrab qolishdir.

Dildora DO‘SMATOVA,

Nosirjon Haydarov,O‘ktam Hayitov(surat)

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Erta aniqla – hayotni saqla”: O‘zbekistonda ayollar salomatligi yo‘lida yangi sahifa