Bahrayn mamlakati mezbonlik qilayotgan yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Musobaqaning aralash jang san’ati bo‘yicha bahslarida 50 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Avaz Anvarov finalda qozog‘istonlik Sanjar Imang‘alini mag‘lub etib, III Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. 

Shuningdek, –55 kg. vazn toifasi final bahsida ishtirok etgan Ibrohim Botirov kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Taekvondo WT bellashuvlarining –73 kg vazn toifasida Ahadjon Muxtorov va –55 kilo og‘irlikda Ruxshonaxon Rashvanova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi 9 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bahrayn–2025”: Oltin medallarimiz 9 taga yetdi