Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonda gazeta va jurnal tashkil etishda ham yo‘lboshchilardan bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Gazeta faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida bosmaxona ochgan. “Nashriyoti Behbudiy” deb atalgan bu bosmaxona qachon ochilgani, jihozlari qayerdan sotib olingani haqida hozircha aniq ma’lumotlar bo‘lmasa-da,  kutubxona ochgan yili ishga tushgan, deb taxminlash mumkin.

Bosmaxonada ilk bor Behbudiyning turkiy tilda tuzgan Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasi, darsliklari, qo‘llanmalari, “Padarkush” dramasi va Fitratning “Hind sayyohi qissasi” ruschaga o‘girib chop etilgan. U bu kitoblarni o‘z hisobidan nashr qilib, tarqatgan. Shuningdek, “Samarqand” gazetasi va “Oyina” jurnali ham shu bosmaxonada nashr qilingan. Nashriyot 1915 yilgacha, ya’ni “Oyina” jurnali faoliyati to‘xtaguncha “ishlagan”.

Gazeta ochilishi uchun 5 yil harakat qilingan. Nihoyat, 1913 yil 14 fevralda Samarqand viloyati harbiy gubernatoriga gazeta chop etishga ruxsat so‘rab yozilgan iltimosnoma inobatga olingan.

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilnoza Jamolova jadid matbuotining tarixi, faoliyati va tugatilish sabablari haqida ma’lumot beradi:

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CUydgsPs2k8" title="Jadid matbuoti: &quot;Samarqand&quot; gazetasi va &quot;Oyina&quot; jurnali" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadid matbuoti: "Samarqand" gazetasi va "Oyina" jurnali (+video)