Ma’lumki, ta’limning dastlabki bo‘g‘ini hisoblangan bolalar bog‘chalari farzandlarimizning bilim va ko‘nikmalarni egallashida muhim poydevor hisoblanadi. Surxondaryo viloyatida bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 fevraldagi “2025-2026 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga olib kelish hamda uylariga olib borib qo‘yish uchun maxsus bolalar avtobusi ajratilgan. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada qulay va teng imkoniyatga ega qilish maqsadida ushbu avtobus Boysun tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadi. 

[gallery-25918]

To‘da mahallasidagi bolalar ilgari bog‘chagacha borish uchun 8-10 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tar, qishda loy yo‘llarda qiynalar edi. Ayrim ota-onalar esa masofa uzoqligi sabab farzandlarini bog‘chaga bera olmagan.  Endilikda esa bolalar har kuni tarbiyachilar hamrohligida xavfsiz avtobusda bog‘chaga borib, mashg‘ulotlar yakunida bexavotir uylariga qaytadi.

Bu tashabbus nafaqat bolalar xavfsizligini, balki ota-onalar uchun qulaylikni ham ta’minlamoqda. Muhimi, maktabgacha ta’limga qamrov darajasi oshmoqda.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/O3Pc_RLXm_U?si=ZCztqmhj6dGFq6O8" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA fotomuxbiri

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan surat va video

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chekka hudud bolalari bog‘chaga maxsus avtobusda qatnamoqda (video)