Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO tomonidan “Qishloq ayollari va barqaror kelajak” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda davlat idoralari va vazirliklar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va nodavlat tuzilmalar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova, qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Ahmedova ma’ruza qildi.

Davra suhbati doirasida FAOning “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlari gender holatini baholash” (Country Gender Assessment – CGA) hisoboti taqdim etildi. Hisobotni esa FAO xalqaro konsultanti Elizabet Duban taqdim etdi.

Bir so‘z bilan aytganda, davra suhbati CGA hisoboti xulosalarini keng jamoatchilikka yetkazish, qishloq xo‘jaligi rivojlanishida gender tenglik ahamiyatini yoritish, hisobot tavsiyalarini amalga oshirish uchun hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

– Bugungi seminar, bu nafaqat baholash natijalarini taqdim etish, balki kelgusi qadamlarni belgilash uchun ham muhim imkoniyatdir, – dedi qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov. – Bu O‘zbekiston qishloq ayollariga o‘z salohiyatlarini to‘liq namoyon etish, hayot sharoitini yaxshilash hamda oziq-ovqat xavfsizligi, tabiiy resurslarni saqlash va barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan bebaho hissasini yanada oshirish uchun amaliy yechim va tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish platformasidir.

Sessiya ishtirokchilari gender tenglikni ta’minlash, qishloq ayollari huquqini kengaytirish, qishloq ayollari salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy taklif va fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

— Qishloq ayollari imkoniyatini kengaytirish va ularni eshitish – barqaror rivojlanishning asosiy shartidir. FAO o‘z milliy hamkorlari bilan birgalikda qishloq ayollarining iqtisodiy va ijtimoiy rolini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, — dedi FAO xalqaro konsultanti Elizabet Duban.

Anjuman yakunida gender tenglikni ta’minlash va qishloq ayollarining rolini mustahkamlash bo‘yicha aniq kelishuvga erishildi. FAO o‘z mandati doirasida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi strategiyalariga gender yondashuvini ham joriy etish hamda barqaror kelajak uchun ayollarning faol ishtirokini ta’minlash yo‘lida milliy hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettirishi ma’lum qilindi.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda qishloq ho‘jaligi va qishloq hududlari gender holatini baholash natijalari e’lon qilindi