Buxoro viloyati Romitan tumani ichki ishlar xodimlari ikki holatda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatni fosh etdi.

Tuman IIB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat ostiga olish” tadbiri davomida 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro shartli xaridor sifatida yuborilgan shaxsga 3 million 300 ming so‘m evaziga 12 gramm atrofidagi “gashish” giyohvandlik moddasini sotish vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, uning uyidan 44,25 gramm mazkur modda aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Shuningdek, tezkor tadbir davomida 1965 yilda tug‘ilgan boshqa bir fuqaroning yashash xonadoni va yordamchi binolarida 93,12 gramm og‘irlikdagi “marixuana” moddasi saqlanayotganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273 va 276-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ufurushlar qo‘lga olindi