Xitoyning davlatga qarashli yirik neft kompaniyalari dengiz orqali yetkaziladigan RF neftini vaqtincha sotib olishni to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Mazkur qaror AQSH tomonidan “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalariga qarshi joriy etilgan yangi sanksiyalardan so‘ng qabul qilingan. Manbalarga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari ayrim sanksiyalar tahdidi sabab Rossiya bilan yangi shartnomalar tuzishdan voz kechgan.

Ma’lumot o‘rnida: shu paytgacha Chin o‘lkasi har kuni taxminan 1,4 million barrel Rossiya neftini dengiz orqali import qilib kelgan. Biroq bu miqdorning asosiy qismini davlat korporatsiyalari emas, balki mustaqil, qayta ishlash korxonalari xarid qiladi.

Ta’kidlanishicha, Xitoy endi neft manbalarini Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasi mintaqalaridan izlamoqda. Bu esa jahon bozorida neft narxining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.

D.Hakimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
XXR kompaniyalari Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatdi