Taassuflanarlisi shundaki, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan oshgan...

Fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish borasida Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?  

Bu savolga Toshkent shahar sudi sudyasi Jasur Sirojev javob berdi:  

– 2025 yilning 9 oyida Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlari tomonidan 432 ming 132 ish hal qilindi. Bu  respublika sudlarida ko‘rilgan jami ishlarning 26,8 foizini tashkil etdi.  

Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida sud hujjatlariga nisbatan 2 ming 420 apellyatsiya shikoyati, mingdan ortiq kassatsiya shikoyati, mingdan ziyod taftish shikoyatlari ko‘rildi.  

Apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida ko‘rilgan sud hujjatlariga nisbatan berilgan 3,5 mingga yaqin shikoyatning 2,5 mingga yaqini o‘zgarishsiz qoldirilgan bo‘lsa, 278 tasi o‘zgartirildi hamda 745 sud hujjati bekor qilindi.  

Taftish instansiyasida ko‘rilgan shikoyatlarning 928 tasi o‘zgarishsiz qoldirildi. 66 tasi bekor qilindi va 19 tasi o‘zgartirildi.

Nikohdan ajratish haqida 7 mingga yaqin fuqarolik ishi ko‘rilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 468 taga oshgan. Ko‘rilgan ishlarning 3 mingga yaqini  qanoatlantirilgan. Taraflarni o‘zaro yarashtirish choralarini ko‘rish holati 3 ming 784 tani tashkil etdi. 

Oilalarni saqlab qolish uchun joylarda nikoh va oila masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Yarashtirish choralarini ko‘rish maqsadida muhlat tayinlanmoqda. Rad etilgan ishlar yuzasidan oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga xatlar yuborilayotir.  

Sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlari buzilgan holatlar bo‘yicha 199 xususiy ajrim chiqarilib, belgilangan tartibda ijro qilish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va tumanlararo sudlariga 6 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Sudlarga og‘zaki va yozma shaklda kelib tushgan 1,5 mingdan ziyod murojaatning 11,3 foizi sayyor qabulda, qolgan 88,7 foizi bevosita sud idoralarida qabul qilingan shaxslardan, pochta va sudlarning elektron pochta tizimlari orqali kelib tushgan.

Bir so‘z bilan aytganda, sudlar tomonidan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda adolat, qonuniylik va huquqiy ishonch muhitini mustahkamlash yo‘lida tizimli ishlar davom ettiriladi.  

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent sudlarida joriy yilda nikohdan ajratish bilan bog‘liq 7 mingga yaqin ish ko‘rildi