Yangi qaror

Qosh qoraya boshladi. Vaqtim tig‘iz. Xullas, uyda bola, kechki ovqat, ishning charchog‘i jam bo‘lib, hayollarimni bir-biriga aralash qilib yuborgan payt.

Ishdan shoshib uyga qaytarkanman, yo‘l-yo‘lakay ro‘zg‘or uchun do‘konga kirdim. U-bu oldim. Qora paketga yarim tayyor chuchvarani ham soldirdim. Tez pishishini o‘yladim.

Ammo uyga kelib paketni ochsam, chuchvara ko‘kimtir tusga kirgan. Hidi ham g‘alati tuyuldi. Eskirgan narsani qaytib borib almashtiray desam, do‘kon uzoq. Chek ham berilmagan. Shunda qozon boshida o‘zimni o‘zim koyidim. Shoshganim, e’tiborsiz bo‘lganim uchun jahlim chiqdi. 

Bu holat, afsuski, ko‘pchilikka tanish. Hali ham chek berilmaydigan, ba’zi joylarda hatto kassa apparati ham yo‘q do‘konlar bor. Shunday joylarda muddati o‘tgan mahsulotlar ham sotiladi. U yerdan biror narsa olgan xaridor keyin na mahsulotni almashtira oladi, na haqini so‘ray oladi.

Aslida, bunday muammolarning oldini olishning eng samarali yo‘li bor. Bu jarayonda markirovka tizimi masalaga yechim beradi. U mahsulot ishlab chiqaruvchidan tortib, xaridorgicha bo‘lgan butun zanjirni raqamli kuzatish imkonini yaratadi. Iste’molchi markirovka belgisi orqali mahsulot haqidagi barcha ma’lumotni bilishi, yaroqsiz yoki qalbaki tovarni oson aniqlashi mumkin.

Bu nafaqat xaridorning huquqini himoya qilish, balki butun savdo tizimida shaffoflikni ta’minlanishida muham ahamiyatga ega.

Shu maqsadda joriy yil 6 oktyabrda Prezidentning “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat aholiga sifatli va xavfsiz mahsulot yetkazib berish, raqamli markirovkalash tizimini joriy etish hamda bu jarayon ustidan nazoratni kuchaytirishni ko‘zda tutadi.

Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy etilgan mahsulotlar orasida yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar avtomatik ravishda savdoga chiqarilmaydi. Ya’ni bunday mahsulot kassadan o‘tmaydi, unga chek ham berilmaydi. Natijada iste’molchiga yaroqsiz mahsulot sotilishining oldi olinadi.

Shuningdek, 2025 yil 15 oktyabrdan 2027 yil 1 yanvargacha sinov tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi. “Sirli mijoz” va nazorat xaridlari orqali savdo va xizmat ko‘rsatish sifatini tekshiradi. Bu tashabbusiste’molchi manfaatini kuchaytirish, bozorni tartibga solish va halol raqobat muhitini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam sanaladi.

Ayni mavzu yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari – ijrochi direktor Jamshid Hamroyev bilan suhbatlashdik.

– Bugun bozorlarda muddati o‘tgan yoki markirovkasiz mahsulotlar hali ham uchramoqda. Raqamli markirovka tizimi bu holatlarga qanday yechim bo‘ladi?

– Raqamli markirovkalash tovar aylanmasini avtomatlashtirilgan nazorat tizimiga aylantiradi. U orqali har bir mahsulot haqidagi muhim ma’lumotlar ishlab chiqaruvchi nomi, sanasi, yaroqlilik muddati va standarti maxsus kod orqali aniqlanadi. Barcha ma’lumotlar davlat axborot tizimida saqlanadi.

Bu nafaqat davlat yoki tadbirkorlar uchun, balki xaridor uchun ham katta qulaylik yaratadi. Iste’molchi mobil ilova orqali mahsulot haqida to‘liq ma’lumot olishi, uning haqiqiyligini tekshirishi mumkin. Agar soxta yoki shubhali mahsulot aniqlansa, iste’molchi bu haqda tegishli idoraga xabar berishi mumkin bo‘ladi.

Davlat miqyosida esa tizim “qora bozor”dagi tovar aylanmasini qisqartiradi, soliq va bojxona tushumlarini oshiradi, nazorat xarajatlarini kamaytiradi.

– Demak, tizim tadbirkor va iste’molchi uchun birdek foydali ekan. Uni to‘liq joriy etish uchun qanday tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda?

– Tadbirkorlar bu tizimning xavfsizlik va raqobatdagi ustunligini anglab yetayotgani uchun joriy etishga qiziqish yuqori. Iste’molchilarga kelsak, ular ham deyarli tayyor. Chunki mobil qurilmasiz odam kam. Faqat ilova va platformalardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish muhim.

– Raqamli markirovka tizimi “Oqilona iste’mol” dasturi bilan uyg‘un ishlasa, natija yanada kuchli bo‘ladi. Federatsiya bu yo‘nalishda nimalar qilmoqda?

– Biz har yili “15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” arafasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va tanlovlar o‘tkazamiz. Kelgusi yilda sifatli mahsulot va xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar o‘rtasida yangi tanlov tashkil etish rejamiz bor. Tanlovda ishtirokchilarni baholashda ularning raqamlashtirish darajasi ham muhim mezon bo‘ladi.

Shu bilan birga, ichki bozordagi tovar va xizmatlarning sifati, xavfsizligi hamda qonun talablariga mosligi bo‘yicha muntazam kuzatuvlar olib borilmoqda. Ayniqsa, iste’molchining asosiy huquqlaridan biri sanalgan mahsulot haqida to‘liq ma’lumot olish huquqini ta’minlashga katta e’tibor berilyapti.

Ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi mahsulot haqida oldindan ma’lumot bersa, xaridor erkin tanlash imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa tushunmovchilik va nizolarni kamaytiradi.

Prezidentning “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Federatsiya faoliyati uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Hozirda “sirli mijoz” va nazorat xaridlari orqali aholini qiynab turgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Raqamli markirovka shunchaki texnik yangilik emas. Bu iste’molchi madaniyatini, bozor intizomini va ishonch muhitini yangi bosqichga olib chiqadigan islohotdir. Markirovka mahsulot sifati, halol raqobat va ishonchni bir zanjirda bog‘laydi. Tizim to‘liq ishga tushgach, har bir xarid ortida mas’uliyat va shaffoflik mezonlari mustahkamlanadi.

O‘zA muxbiri Marhabo Hojiakbarova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalol bozor va ishonchli tovar: markirovka tizimi yaroqsiz mahsulot sotilishining oldini oladi