Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Jeneva shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 151-assambleyasi doirasida qator xorijiy davlatlar parlamentlari a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi “Xalq kuchi” partiyasi fraksiyasi rahbari Yun Je Ok bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yil dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi uchrashuviga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Turkiya Buyuk millat majlisi Tashqi ishlar qo‘mitasi a’zosi Asuman Erdo‘g‘an bilan ham uchrashuvda Parlamentlararo Ittifoqning 2026 yil aprel oyida Istanbulda bo‘lib o‘tadigan 152-assambleyasi doirasida qo‘shma tadbirlar hamda kelgusi yil sentyabr oyida Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan Yosh parlament a’zolarining 12-Global konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Sloveniya parlamentining Tashqi siyosat qo‘mitasi raisi Predrag Bakovich bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda do‘stlik guruhlari faoliyatini rivojlantirish, ijtimoiy himoya, gender tenglik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat Raisi Jenevada bir qator davlatlar parlament a’zolari bilan uchrashdi