Xalqimizda ko‘p yegan to‘ymaydi - oz yegan o‘lmaydi, degan maqol bor. Umuminsoniyat qatorida bizning xalqimiz ham bugungi kunga qadar tarixning murakkab chig‘irig‘idan o‘tib kelgan. Odam yaralibdiki, birinchi navbatda och qolmaslikning choralarini qilishga intilib yashaydi. Bunga sabab jismimizga ozuqaning zarurati, albatta. Biroq har narsada bo‘lgani kabi yemoqda ham me’yor mavjudligini unutgan kishilar bugungi kunda ko‘payib bormoqda.

Sir emaski, qayerda nimaga talab ko‘p bo‘lsa, o‘sha rivojlanadi. Endi bir o‘ylab ko‘ring, bugun tuman va shaharlarimizda har qadamda bitta oshxona emasmi?

Albatta, bu ham tadbirkorlikning rivoji, deyishingiz mumkin. O‘rinli fikr. Ammo bugungi to‘ylarga bir nazar solaylik. Dasturxondagi ne’matlar ikki uch soatlik ko‘rgazma vazifasini o‘tamoqda xolos. Undan keyin ularning taqdiri noma’lum. Yo qaysidir axlatxonalarga bezak, yo qaysidir hayvonlarga yemish bo‘ladi. Aytishingiz mumkin, odamlarga tarqatiladi deb. Lekin ularga yetib borgunicha sifat o‘z so‘zini aytmay qolmaydi.

Garchand, Hukumatimiz to‘ylarda yo‘l qo‘yilayotgan isrofgarchiliklarning oldini olish choralarini ko‘rayotgan bo‘lsa-da, ayrim toifadagilar bunga amal qilishga shoshilmayotganlari ham bor gap.

Kundalik hayotimizda har birimiz oshxona xizmatlaridan foydalanib turamiz. Bir dunyo taom buyurtma berib, har biridan xo‘roz cho‘qigandek totib ko‘rgach, chala yeyilgan yemakni stolda qoldirib, to‘lov qilib ketganlarga ham guvoh bo‘lamiz.

Tasavvur qiling, shunday holatlarga ko‘zingiz tushsa, bitta non sotib olish uchun pul topa olmayotgan musofir-u talabalar, salomatligini tiklash uchun dori-darmonga imkon topa olmayotgan bemorlar ahvoli ne kechmoqda?

Muqaddas kitoblarimizda ham, qolaversa, bizning qadriyatlarimizda ham insoniylik bosh mezon sifatida qaraladi. Shunday ekan, o‘zgalarga ham, o‘zimizga ham isrofni emas, insofni ravo ko‘raylik. Zero, nimani qilsang xor, shunga bo‘lasan zor – deya bejiz ta’kidlamagan dono xalqimiz.

Sherbek Islomov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nimani qilsang xor, shunga bo‘lasan zor