Sirdaryo viloyatida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va har bir oilani faol hayotga yo‘naltirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu chora-tadbirlar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yangi bosqichga ko‘tarilib, joylarda aniq natijalarni bermoqda.

Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida viloyatdagi 221 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan 16,8 mingta oila (66,6 ming nafar aholi) “kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritildi. Amalga oshirilgan choralar natijasida 8,2 ming kishi ishga joylashtirildi, 7,6 ming fuqaro tadbirkorlikka jalb qilindi, 2 ming oilaga kredit va subsidiya mablag‘lari ajratildi, 391 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi. Natijada 7,2 mingta oila (28,3 ming nafar aholi) kambag‘allik holatidan chiqarildi. Hozirda 9,6 mingta oila (38,4 ming nafar aholi) ushbu ro‘yxatda qolmoqda.

– Dastur doirasida aholining turmush sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda, infratuzilmani rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining boshlig‘i Abdurauf Tadjiyev. – Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish maqsadida 44 ta suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan mahallada 56,8 milliard so‘mlik qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi. 18,6 kilometr kanal va 31,2 kilometr lotoklar yangilandi, 5,1 kilometr kollektorlar tozalandi, 2 ta meliorativ quduq, 17 ta nasos agregati va 27 ta sug‘orish qudug‘i o‘rnatildi. Natijada 24 ming 260 ta xonadondagi 4 ming gektar yer maydoni suv bilan ta’minlanib, aholining qo‘shimcha daromad topish imkoniyati kengaydi.

Bu ishlar davlat va jamoat tashkilotlari, “mahalla yettiligi”, hokim yordamchilari hamda tijorat banklarining hamkorligi orqali amalga oshirilmoqda. viloyat va tuman darajasidagi  rahbarlarga 5 tadan og‘ir ahvoldagi oila biriktirilib, ular kambag‘alchilikdan chiqarish bo‘yicha individual reja asosida ish olib borilmoqda. Mahallalarda odamlarning salohiyatini aniqlash, tomorqadan daromad olish, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatish tizimi shakllandi. Bolalarning ta’lim muassasalariga borishi, tibbiy xizmatlardan foydalanishi va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish masalalari ham doimiy nazoratda turibdi.

– Bilasizmi, mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish siyosati moddiy yordam bilan cheklanib qolmaydi. Asosiy maqsad — insonning mehnat faolligini oshirish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik va ta’lim orqali farovon hayot sari ilgarilashini ta’minlashdir. Bu yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi farmoni hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilmoqda, – deydi boshqarma boshlig‘i.

Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida dastur ijrosi doimiy monitoring qilib borilmoqda. Har bir hokim yordamchisi oyiga kamida ikki marta o‘z hududidagi oilalar bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil etadi, muammolarni joyida hal qiladi. Viloyat va tuman hokimliklari hamda ijtimoiy himoya boshqarmalari o‘rtasida axborot almashinuvi tizimi yo‘lga qo‘yilgani natijasida har bir oilaning iqtisodiy faolligi va daromad manbalari ustidan aniq tahlillar olib borilmoqda.

– Aslida, kambag‘allikni qisqartirish faqat davlat yordami bilan emas, balki insonning o‘z kuchiga ishonchi, mehnati va tashabbusi bilan bog‘liq, – deydi Abdurauf Tadjiyev. – Sirdaryoda amalga oshirilayotgan bu dastur ana shu falsafaga asoslangan holda, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdan faol hayot sari yo‘naltirishga xizmat qilmoqda. Har bir oiladagi farovonlik mehnat, birdamlik va tizimli ish natijasidir.

G‘ulom Primov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” odimlamoqdamiz