Mamlakatimiz dzyudochilarini o‘tayotgan yilning ikki yarim oyi davomida hamda 2026 yilda nufuzli turnirlar, kompleks sport musobaqalari kutib turibdi.

Aynan ushbu xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishish orqali “Los-Anjeles-2028” olimpiadasiga munosib tayyorgarlik ko‘rishda o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bilan birgalikda rejalarni belgilab olish, tahlil etish muhim omil sanaladi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida o‘smirlar, yoshlar va kattalar bo‘yicha terma jamoalarning murabbiylar shtabi a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Dzyudo bo‘yicha mamlakat terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zolari Aleksey Budolin, Aurelian-Chiprian Flis, Andrey Shturbabin kutilayotgan musobaqalar, 2026 yilgi turnirlar, o‘yinlar, mashg‘ulotlar yuzasidan o‘z rejalarini taqdim etdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov 2025 yilning qolgan qismi hamda kelgusi yilgi musobaqalar xususida to‘xtalib, shu kunlarda yosh dzyudochilarimiz Bahrayn davlati mezbonlik qilayotgan yoshlar Osiyo o‘yinlarida munosib natijalarga erishishi, kattalar terma jamoamizning noyabr oyida Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan “Islom birdamligi” o‘yinlarida o‘z mahoratini namoyish etishi kelgusi g‘alabalarga poydevor bo‘lishini, bunda murabbiylarning texnik va taktik mahorati muhimligini bildirib o‘tdi.

Shuningdek, bu yil va kelgusi yili Xalqaro dzyudo federatsiyasi tizimida reyting ochkolar taqdim etadigan turnirlar, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida qatnashish masalalari xususida fikr-mulohazalar, takliflar ilgari surildi. 2026 yilning asosiy musobaqasi — Yaponiyada bo‘ladigan yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbek dzyudosining qudratini namoyish etish asosiy vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan rejalarga baho berildi. Kelgusidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlari qayd etildi va yangi g‘alabalar yo‘lida tizimli yondashuv, yuqori intizom va yagona jamoaviy hamjihatlik zarurligi yuzasidan takliflar bildirildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dzyudo: ustuvor yo‘nalishlar belgilandi