Global isish va inson faoliyati natijasida dunyo bo‘ylab dengiz sathi so‘nggi 4 ming yillikda rekord darajada ko‘tarilmoqda. Bu holat yirik shaharlar va sohilbo‘yi hududlari uchun jiddiy suv toshqini xavfini tug‘diradi.

Rutgers universiteti olimlari qadimgi marjon riflari va mangro daraxtlarini tahlil qilib, dengiz sathining o‘zgarish tarixini o‘rgandilar. Ularning “Nature” jurnalida e’lon qilingan tadqiqotiga ko‘ra, 1900 yildan beri dengiz sathi har yili o‘rtacha 1,5 millimetrga oshgan — bu so‘nggi ming yilliklar ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.   

Mutaxassislar bunga ikkita asosiy omil sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda: global haroratning oshishi natijasida okean suvining kengayishi va muzliklarning, ayniqsa Grenlandiya hamda Antarktidadagi aysberglarning tez erishi. 2023 yil sentyabrdan 2024 yil avgustgacha Grenlandiyada 80 milliard tonna muz erigan. Agar bu muzlik to‘liq erisa, global dengiz sathi 7,4 metrga ko‘tarilishi mumkin.   

Tadqiqotchilarning fikricha, eng katta xavf daryolar deltalarida joylashgan tekis va unumdor hududlarga tahdid solmoqda. Ular qishloq xo‘jaligi, sanoat va transport uchun muhim bo‘lgani sababli, ularning yo‘qolishi global iqtisodiyotga ham zarba berishi mumkin.   

Xitoy ayniqsa ikki barobar ko‘proq xavf ostida bo‘lsa-da, bu muammo Nyu-York, Jakarta, Manila kabi yirik shaharlar uchun ham dolzarb. Olimlar dengiz sathining ko‘tarilishini jilovlash uchun global darajada keskin chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidlashmoqda. 

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/lb5OnU-C8Iw" title="Dengiz sathi 4 ming yillikdagi eng yuqori darajaga chiqdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dengiz sathi 4 ming yillikdagi eng yuqori darajaga chiqdi