Kuz-qish mavsumida energetika sohasi mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va aholining farovonligi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Haroratning pasayishi va yomg‘ir hamda qor yog‘ishi energiya talabini sezilarli darajada oshiradi. Ayniqsa, bu vaqtda elektr va isitish manbalariga bo‘lgan ehtiyoj ortadi.

Shu bois, ushbu mavsumda elektr energiyasi, gaz va isitish tizimlarini samarali boshqarish, uzluksiz ta’minotni ta’minlash va energiya tejash choralarini amalga oshirish muhim vazifadir. Energetika sohasidagi barqarorlik nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va ekologik barqarorlikning ham asosiy omili hisoblanadi.

Xo‘sh, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ joriy kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyormi? 

Mazkur savol bilan jamiyat axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyevga murojaat qildik.

– Albatta, mavsumni betalafot o‘tkazishga tashkilotimiz jamoasi tayyor va barcha chora-tadbirlar shay qilingan.

Kuz-qish mavsumi barchamiz uchun sinovli davr hisoblanadi. Shunga qaramay, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bu mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Xususan, markaziy shtab tashkil etildi. Viloyat, shahar va tuman shtablari ham faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Hududlarda 6,505 nafardan ortiq xodimdan iborat 1,201 ta avariyaviy brigada tunu kun ishlaydi va ular maxsus texnikalar bilan ta’minlangan. Bu choralar uzluksiz elektr ta’minoti va favquloddagi vaziyatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

– Elektr tarmoqlari va transformator punktlari bo‘yicha qanday ta’mirlash va modernizatsiya ishlari olib borildi? 

– Hududiy elektr tarmoqlarida 29,511 kilometr tarmoq va 10,270 ta transformator punktlari mukammal ta’mirdan o‘tkazildi. Bu 3,400 ta mahallada 2,4 milliondan ortiq aholi iste’molchilari uchun elektr ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, past kuchlanishli 8,482.8 kilometr tarmoq va 2,321 ta transformator punktlari yangilandi. 

Toshkentda esa 2025 yilda 47 ta transformator punktlari va 326,3 kilometr tarmoq modernizatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Shu kunga qadar 30 ta transformator punkti va 131 kilometr tarmoq yangilangan. Bu kabi ishlar esa mavsum uchun eng muhim choralardir.

– Avariyalarni qisqa muddatda bartaraf etish uchun zaxiralar va resurslar yetarlimi? 

– Ha, albatta! Favquloddagi avariyalarni tezkor bartaraf etish uchun keng zaxiralar tayyorlandi. Masalan, 857 dona tarmoq transformator, 618 tonna transformator moyi, 352 kilometr kabel, 114 tonna sim, 4 662 dona mufta, 3 908 dona tayanch va boshqa turdagi 89 070 dona materiallar zaxirasi yaratildi. 

– Faxriddin, o‘tgan yilgi kuz-qish mavsumida aynan Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatildi. Bunday vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun poytaxtimizdagi podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlarida qanday ishlar amalga oshirildi? 

– Ta’kidlaganimdek, har bir hududda mavsumga puxta taraddud ko‘rildi va zarur zaxiralar yaratildi. Poytaxtimizda o‘tgan yilgi uzilishlar modernizatsiya ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan edi. Yangi uskunalarni o‘rnatishda ma’lum muddatga cheklovlar kiritiladi. Biz bu jarayonda ishchi-xodimlar salomatligini muhofaza qilishimiz talab etiladi.

Toshkent shahrida jami 19 ta PS va 16 ta kabel tarmog‘i ob’ektida modernizatsiya ishlari belgilangan. Shulardan 1 ta podstansiyada ishlar yakunlangan. Rejaga muvofiq, 10 ta podstansiya va 7 ta kabel tarmog‘ida ishlar jadal olib borilmoqda. Shuningdek, 5 ta podstansiya va 9 ta kabel tarmog‘i bo‘yicha loyihalash ishlari amalga oshirilgan.

Muhimi, ko‘rilayotgan bu kabi choralar mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahrida elektr ta’minotining uzluksizligi va xavfsizligini ta’minlab berishga xizmat qiladi. 

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyormi?