Toshkent shahridagi Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Immuno-biokimyo laboratoriyasi bugungi kunda zamonaviy diagnostika sohasidagi eng ilg‘or markazlardan biri hisoblanadi.

Laboratoriya to‘liq avtomatlashtirilgan, eng so‘nggi tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu imkoniyatlar onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Laboratoriyada 10 dan ortiq malakali shifokor va 15 dan ziyod tajribali laborant faoliyat yuritadi. Ular xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy tahlil usullarini qo‘llab, bemorlar uchun aniq va tezkor natijalarni ta’minlamoqda.

Markaz laboratoriyasida oddiy qon tahlillaridan tortib, eng murakkab molekulyar genetik tekshiruvlargacha keng ko‘lamli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan:

– umumiy qon tahlili va qon biokimyosi,

– gemostaz tizimi tekshiruvlari,

– o‘sma markerlarini aniqlash,

– bachadon bo‘yni saratoniga sababchi bo‘luvchi inson papillomasi virusi (HPV) diagnostikasi,

– onkologik kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan target va immunoterapiya uchun zarur molekulyar genetik tahlillar bajariladi.

Laboratoriyaning zamonaviy infratuzilmasi va yuqori malakali mutaxassislar jamoasi tufayli markaz davolash jarayonining sifatini oshirish, saratonni erta bosqichda aniqlash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash yo‘lida izchil ish olib bormoqda.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Immuno-biokimyo laboratoriyasi — saratonni erta aniqlashda yangi bosqich