Andijon davlat universiteti va Andijon davlat pedagogika institutida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ommaviy sport turlarini yanada ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi – 2025” doirasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Andijon davlat universitetining Sport va madaniyat fakulteti talabalari o‘rtasida mini-futbol, voleybol, yengil atletika va stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda talabalar katta ishtiyoq bilan ishtirok etdi. Ularning harakatlarida nafaqat g‘alaba uchun kurash, balki jamoaviylik, do‘stlik va sportga bo‘lgan muhabbat yaqqol namoyon bo‘ldi.

Shu bilan birga, Andijon davlat pedagogika institutida ham “Besh tashabbus olimpiadasi – 2025” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir doirasida talabalar futbol, voleybol va stritbol yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashmoqda.

Bellashuvlar olimpiya tizimi asosida tashkil etilib, g‘oliblardan institut terma jamoasi shakllantiriladi va ular “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichida ADPI sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

[gallery-25850]

Tashkil etilgan sport musobaqalari talabalar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Musobaqalar 31 oktyabrgacha davom etadi.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi – 2025” doirasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda