Yaqinda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “TeachersPRO” platformasi orqali tanqidiy fikrlashni o‘rganish bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar va umumta’lim maktab rahbar kadrlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir “Ishonch” loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UNICEF, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda Finlyandiyaning “TeachersPRO” sinov dasturi asosida tashkil etildi.
Anjuman avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, institut rektori Abduvali Ismailov, “TeachersPRO” dasturi mutaxassisi Hanne Koli hamda UNICEFning ta’lim bo‘yicha mutaxassisi Umida Islomova so‘zga chiqib, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish, raqamli ta’lim imkoniyatlari va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari ahamiyati haqida ta’kidlashdi.
Treningning ilk kunida o‘qituvchilarga tanqidiy fikrlashni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, grafik sxemalardan samarali foydalanish va ushbu platforma orqali darslarni rejalashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Mashg‘ulotlarda ishtirokchilar tizimga kirish, material joylash, hamkasblar bilan tajriba almashish va o‘z darslarini tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlarni bajarishdi. Mazkur loyiha o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini oshirish, zamonaviy ta’lim metodlarini keng joriy etish hamda tanqidiy fikrlovchi pedagoglar avlodini shakllantirishga xizmat qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MOLn9QnguuQ" title="“TeachersPRO”: pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA