Jizzax viloyatida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga qarshi yo‘naltirilgan tezkor tadbir samarali yakunlandi.

Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olingan ma’lumotlar asosida Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan tadbir davomida katta miqdordagi pirotexnika vositalari aniqlandi.

Gap shundaki, Fuqaro X. U. boshqaruvidagi “Hyunday Porter” rusumli yuk avtomashina M-39 yo‘lining Jizzax viloyati hududidan nazoratga olindi va uning ortidan kuzatib borildi. Gumondor Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga yetib, pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy yo‘llar bilan pullash maqsadida to‘xtaganida, tezkor xizmat xodimlari tomonidan avtotransport ko‘zdan kechirildi.  Oqibatda mashina kuzovida 4 ta karton qutida 172 ming 200 dona “Greniya” va “Britanik” rusumli pirotexnika mahsulotlari borligi ma’lum bo‘ldi. Mahsulotlarning umumiy qiymati 71 million 750 ming so‘mni tashkil etdi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika mahsulotlari tarqalishining oldi olindi