18 oktyabr kuni U-ENTER kovorking-markazida UZCARD Academyning “Welcome Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi — bu UZCARD to‘lov tizimi tomonidan moliyaviy texnologiyalar va biznes yo‘nalishida yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun yaratilgan yangi ta’lim platformasining ochiq eshiklar kuni hisoblanadi.

Tadbir mamlakatning yetakchi oliygohlari talabalari, UZCARD vakillari va ta’lim hamda rivojlanish bo‘yicha UZCARD Academy hamkori bo‘lgan Lerna kompaniyasi vakillarini birlashtirdi. Tadbir doirasida UZCARD va Lerna o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat raqamli ta’limni rivojlantirish va fintex sohasi uchun kadrlar tayyorlash borasidagi strategik hamkorlikni mustahkamladi. 

“UZCARD Academy bilan hamkorlik — texnologik kompaniya tajribasi va yangi avlod ta’lim yondashuvlarini uyg‘unlashtirish imkoniyati. Biz talabalarni nazariyadan amaliyotga tez o‘tishga va bozor talab qiladigan kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan dasturlar yaratishga intilamiz,” — dedi Emil Timoshev, Lerna Uzbekistan bosh direktori.

“Yoshlarning ongli ravishda kasb tanlashiga va fintex sohasida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish biz uchun muhim. UZCARD Academy ularga faqat universitetda olishning iloji bo‘lmagan tajribani beradi va kelajak kasbining real tomonini ko‘rsatadi,” — deya ta’kidladi Yuliya Sapkova, “UCMG” MCHJ boshqaruv kompaniyasining HR bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari.

UZCARD Academy dasturlari UZCARD va Lerna ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, ikki asosiy yo‘nalishni qamrab oladi — “Texnologiya va mahsulot” hamda “Biznes va qo‘llab-quvvatlash”.

Texnik blokda tinglovchilar mahsulot va loyiha ishlarining asoslari, tizimli tahlil, shuningdek zamonaviy IT yo‘nalishlari: Front-End va Back-End  dasturlash, Data-tahlil, DevOps, testlash (QA), axborot xavfsizligi va infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash bilan tanishadilar.

Biznes yo‘nalishida marketing (jumladan, raqamli va PR), loyiha va mahsulot boshqaruvi, risk tahlili, komplayens, moliya va HR amaliyotlari o‘rganiladi. Alohida e’tibor texnologiya va biznes jamoalari o‘rtasidagi samarali muloqotga qaratiladi, bu esa talabalar haqiqiy fintex mahsulotlari qanday yaratilishi va rivojlanishini ko‘rishlariga yordam beradi.

O‘qitish tuzilmasi 2 oy nazariya va 3 oy amaliyotdan iborat bo‘lib, amaliyot UCMG ekotizimi sharoitida o‘tkaziladi. Eng yaxshi bitiruvchilar holding tarkibidagi 12 ta kompaniyadan birida stajirovka va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

UZCARD Academyda ta’lim bepul bo‘lib, 25 yoshgacha bo‘lgan talabalarga ochiq. Format — onlayn va oflayn; qabul test sinovi orqali amalga oshiriladi. Akademiya yil davomida ishlaydi va qabul doimiy.

Welcome Day doirasida ishtirokchilar dastlabki saralovdan ham o‘tishdi: test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yaxshi nomzodlar Akademiyaga taklif etiladi. Qolganlar uchun loyiha eshiklari ochiq — navbatdagi qabul yanvar oyida boshlanadi.

UZCARD Academy loyihasi talaba, biznes va texnologiyalar manfaatlari kesishadigan barqaror ta’lim tizimini shakllantirmoqda. Bu — O‘zbekiston raqamli iqtisodiyoti uchun kadrlarni tizimli tayyorlash sari qadam va o‘qishga, harakat qilishga hamda haqiqatni o‘zgartirishga tayyor bo‘lganlar yaratadigan kelajak sari yo‘l.

Aloqa uchun: academy@uzcard.uz

Sayt: uzcard.uz
Facebook: fb.com/uzcard
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UZCARD fintex sohasi bo‘yicha yosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida akademiyani ishga tushirmoqda