Til azaldan xalqning milliy boyligi bo‘lib, unga e’tibor – elga e’tiborga tenglashtirilgan. U millatning ko‘zgusi vazifasini bajargan. Bugungi globallashuv jarayoni, axborot texnologiyalari taraqqiyoti davrida tilning sofligini saqlash, uni milliy boylik sifatida asrab-avaylash masalasi dolzarb vazifaga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Terminologiya komissiyasi tomonidan davlat tilining ifoda imkoniyatlarini kengaytirish va begona leksik birliklar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan navbatdagi til siyosati chora-tadbiri doirasida 40 ta o‘zlashtirilgan so‘zga o‘zbek tilidagi muqobil atamalar belgilandi.
Fanlar akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va til mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan va omma bilan muhokama qilingan 40 ta o‘zbekcha atama endilikda rasmiy hujjatlarga kiritiladi.
Bugungi lavhamizda mazkur til sohasidagi islohotlar, ularning zamonaviy fan, ta’lim, texnika va ijtimoiy hayotdagi qo‘llanilishini ommalashtirish bo‘yicha suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/egAuoG3_WiY?si=3vC5jJGV0pBl6bWk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA