Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari bugun start oladi.

Jumladan, ushbu turning ilk kunida soat 21:45 da «Barselona» – «Olimpiakos», «Kayrat» – «Pafos», 23:59 esa «Yunion» – «Inter», «Kopengagen» – «Borussiya Dortmund», «Bayer» – «PSJ»,  «Vilyarreal» – «Manchester Siti»,  «Arsenal» – «Atletiko Madrid», «Nyukasl» – «Benfika» va «PSV» – «Napoli» jamoalari bahsiga guvoh bo‘lamiz.

Albatta, ushbu to‘qnashuvlar orasida «Bayer» – «PSJ» va «Arsenal» – «Atletiko Madrid» klublari o‘rtasidagi o‘yin markaziy deya e’tirof etilmoqda. Biroq, o‘zbek futbol ixlosmandlari uchun «Vilyarreal» – «Manchester Siti» raqobati katta qiziqish bilan kuzatilishiga shubha yo‘q.

Shu bois ham ushbu uchrashuv haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Bu ikki klub Yevropa chempionlar ligasida bor yo‘g‘i 2 marotaba to‘qnash kelgan bo‘lib, 2011 yilda o‘tgan bahslarda  «Manchester Siti» 3:0 va 2:1 hisoblarida ustun kelgan.

Bu yilgi YeCHL musobaqasida «Manchester Siti» bittadan g‘alaba va durang qayd etib, 4 ochko bilan 8-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Vilyarreal» bir mag‘lubiyat va durang evaziga 1 ochko jamg‘arib, 26-o‘rinda qolmoqda.

Chempionlar ligasida g‘olib chiqish Xosep Gvardiola jamoasi uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois ham Ispaniyada bo‘ladigan uchrashuvda «Vilyarreal»ga qarshi «Manchester Siti» hujumkor o‘yin o‘tkazishi kutilmoqda.  

Tarkib borasida esa «shaharliklar»ning bir necha futbolchisi jarohatdan qutulib, yana jamoa ixtiyoriga qaytdi. Shunga qaramay, Xosep Gvardiola jamoasida ikkita katta yo‘qotish bor. Afsuski, Rodri Ernandes va hamyurtimiz Abduqodir Husanov «Vilyarreal»ga qarshi bahsda jamoaga yordam bera olmaydi.

«Vilyarreal» – «Manchester Siti»  o‘rtasidagi uchrashuv 21 oktyabrdan 22 oktyabrga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.  

Darvoqe, 22 oktyabr kuni soat 21:45 da «Galatasaray» – «Bude-Glimt»,  «Atletik» – «Qorabog‘», soat 23:59 da esa «Bavariya» – «Bryugge», «Chelsi» – «Ayaks», «Real Madrid» – «Yuventus», «Ayntraxt Frankfurt» – «Liverpul», «Atalanta» – «Slaviya Praga», «Sporting Lissabon» – «Marsel» va  «Monako» – «Tottenxem» jamoalari o‘zaro raqobatlashadi

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol: Bugun Yevropa chempionlar ligasining 3-turi boshlanadi