Markaziy Osiyo mintaqasi va Rossiyani ko‘p asrlik tarixiy va madaniy rishtalar bog‘lab turadi. O‘zaro munosabatlar hech qachon birgina diplomatik yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan cheklanmagan. Ular xalqlar, madaniyatlar, ilm-fan, ta’lim va qo‘shma faoliyat natijasida shakllangan. Bugungi kunda ushbu meros o‘zaro ishonch, pragmatizm va suverenitetni hurmat qilishga asoslangan sheriklik poydevoriga aylanmoqda.

Shu ma’noda “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi siyosiy muloqotni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston bu borada oliy darajadagi muntazam uchrashuvlarni tashkil etish, hukumatlar va vazirliklar o‘rtasida doimiy maslahatlashuv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishni taklif etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir necha bor ta’kidlaganidek, Rossiya mamlakatimiz uchun doimo asosiy, ustuvor strategik sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Umumiy tarix, ko‘p asrlik aloqalar va xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy yaqinlik ikki tomonlama hamkorlikning poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu salohiyat bugun jahon siyosatidagi chuqur o‘zgarishlar va transformatsiya davriga mos yangi sheriklik bosqichiga o‘tish imkonini beryapti.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘z saylovoldi dasturida barqaror rivojlanish, ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan xalqaro hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratgan. O‘zbekiston Rossiya bilan strategik hamkorlikni ana shu maqsadlar, ayniqsa, iqtisodiyot, transport, innovatsiyalar, ta’lim, energetika va gumanitar almashinuv sohalaridagi vazifalarga erishish vositasi sifatida ko‘radi.

Iqtisodiy sheriklik O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining asosi bo‘lib qolmoqda. Jahon bozoridagi noqulay vaziyat va tashqi cheklovlarga qaramay, o‘zaro savdo aylanmasida barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Har ikki davlat bozorlariga kirish imkoniyatlarini yengillashtirish, o‘zaro savdo jarayonlarini soddalashtirish va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni ustuvor vazifa sifatida ko‘rmoqda. Bu borada “Markaziy Osiyo – Rossiya agroekspressi” tashabbusini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tashabbus qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri logistika yo‘laklarini yaratish, transport operatsiyalarini tezlashtirish hamda xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va uning tarkibini diversifikatsiya qilish choralarini ishlab chiqish ham ko‘zda tutilmoqda. Bunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, zamonaviy sifat standartlarini joriy etish hamda savdo jarayonlarini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mintaqaning integratsiyalashgan transport tarmog‘ini shakllantirish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. “Shimol – Janub” yo‘lagi O‘zbekiston va Rossiya uchun yangi istiqbollarni ochib, Markaziy Osiyoni global logistika zanjirining muhim bo‘g‘iniga aylantiradi. O‘zbekiston avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya sohasidagi milliy dasturlarni uyg‘unlashtirishni taklif etmoqda. Bu esa transport-logistika sherikligini kompleks ravishda tashkil etishga asos bo‘ladi.

Mazkur yo‘nalishni rivojlantirish doirasida transport yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish, multimodal markazlarni yaratish, bojxona va logistika jarayonlarini raqamlashtirish kabi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Bu ishlar natijasida tashqi tahdidlarga bardosh bera oladigan, Shimol va Janub o‘rtasida ishonchli transport aloqalarini ta’minlaydigan o‘zaro bog‘liq va barqaror infratuzilma shakllanishi kerak.

O‘zbekiston va Rossiya xom ashyo savdosidan qo‘shma ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish bosqichiga o‘tmoqda. Gaz-kimyo, metallurgiya va mashinasozlik sohalarida strategik loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda zamonaviy misni boyitish klasteri hamda sanoat injiniringi sohasidagi rivojlanish bugun yangicha integratsiyaning namunasiga aylanmoqda.

Sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Buxoroda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sanoat injiniringi xabini yaratish tashabbusini ilgari surdi. Bu loyiha universitetlar, ilmiy markazlar va sanoat korxonalarini birlashtirib, ilg‘or muhandislik yechimlarini ishlab chiqish va joriy etishda texnologik markazga aylanishi mumkin.

Innovatsion hamkorlik “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazma-forumi doirasida ham rivojlanmoqda. Joriy yilning aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan beshinchi ko‘rgazmada 35 ta mamlakatdan 10 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Forum yakunida qiymati 5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlar imzolandi. Bu forumga “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatida asosiy industrial maydon maqomini berish taklifi ikki tomonning innovatsion integratsiyani institutsional darajada mustahkamlash istagini ifoda etmoqda.

Energetika O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining strategik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish va yadro tibbiyot markazini tashkil etish bo‘yicha tarixiy loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Bu texnologiyalar bilan almashish va kadrlar tayyorlashga bo‘yicha hamkorlikning sifat jihatdan yangi bosqichini boshlab beradi.

O‘zbekistonda Atom energetikasi bo‘yicha kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etish hamda Moskva muhandislik-fizika institutining Toshkentdagi filiali negizida kadrlar tayyorlash dasturini ishlab chiqish qo‘shma ilmiy-ta’lim infratuzilmasini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan bo‘ladi.

Bundan tashqari, uglevodorodlarni qidirish va qayta ishlash, energetika sohasini modernizatsiya qilish va energiya samarador texnologiyalarni joriy etish sohalarida ham hamkorlik kengaymoqda. “Markaziy Osiyo – Rossiya energetik sherikligi” dasturini ishlab chiqish tashabbusi barqaror energetika, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tishda sa’y-harakatlarni birlashtirishni nazarda tutadi. 

Hozirgi zamon iqtisodiyoti nafaqat resurslar, balki intellektual yechimlarni ham talab qiladi. Shu nuqtai nazardan raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo davlatlarida “Skolkovo” innovatsiya markazi filiallarini ochish hamda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha Mintaqaviy ekspert kengashini tashkil etish taklifi umumiy ilmiy makonni shakllantirish sari tashlangan muhim qadam hisoblanadi.

Bunday maydonlar ilmiy tadqiqot institutlari, AT kompaniyalari va startaplarning salohiyatini birlashtirib, ilg‘or texnologiyalarni sanoat, ta’lim va davlat boshqaruviga joriy etishga yordam beradi. Bu yo‘nalish “Adolat” partiyasining dasturiy tamoyillariga, ya’ni texnologik inqilob sharoitida raqamli tenglik va ijtimoiy adolatni ta’minlash vazifalariga to‘liq mos keladi.

O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarida gumanitar aloqalar ham alohida o‘rin tutadi. Madaniyat, ta’lim va ilm-fan jamiyatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydigan xalqlar diplomatiyasining asosini tashkil etadi. Har yili Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlarining etnomadaniy forumini o‘tkazish taklifi ma’naviy birdamlik, madaniy xilma-xillik va o‘zaro hurmatni saqlashga bo‘lgan intilishni aks ettiradi.

"Kelajak muhandislari" ilmiy-ta’lim konsorsiumini tashkil etish tashabbusi ham alohida ahamiyatga ega. Bu konsorsium zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasi va muhandislik tafakkuriga ega yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash maqsadida yetakchi universitet va ilmiy-tadqiqot markazlarini birlashtiradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiyaning 15 ta oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyat yuritayotgani qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

Shuningdek, madaniy aloqalar sog‘liqni saqlash, ona va bola salomatligi muhofazasi, mehnat migrantlarini ijtimoiy moslashuvi va turizmni rivojlantirish sohasidagi tashabbuslarni ham o‘z ichiga oladi. Mintaqaviy turizm yo‘nalishlarini kengaytirish o‘zaro hamjihatlik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Umuman olganda, “Adolat” partiyasining siyosiy konsepsiyasi ijtimoiy adolat, tenglik va inson huquqlarini himoya qilish g‘oyalariga asoslangan. Bu tamoyillar tashqi siyosatda ham o‘z ifodasini topmoqda. Rossiya bilan hamkorlik nafaqat strategik, balki gumanitar ahamiyatga ham ega bo‘lib, fuqarolar turmush darajasini oshirish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan.

Ta’lim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar va sanoat sohalaridagi qo‘shma loyihalar iqtisodiy o‘sish bilan birga ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Bu, ayniqsa, millionlab insonlarning taqdiri davlatlar o‘rtasidagi ishonchga bog‘liq bo‘lgan global inqirozlar sharoitida juda muhimdir.

Joriy yilning oktyabr oyida Tojikistonda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammit bugun Markaziy Osiyo xalqaro jarayonlarning tobora mustaqil va mas’uliyatli ishtirokchisiga aylanayotganini ko‘rsatdi. Shu nuqtai nazardan Rossiya bilan hamkorlik tenglik va o‘zaro manfaat tamoyillariga asoslangan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Mintaqa davlatlari va Rossiya tinchlikni ta’minlash, barqaror taraqqiyot va gumanitar rivojlanish yo‘lida hamkor sifatida faol ishtirok etayotgan hamjihatlik modeli shakllanmoqda.

N.Rashidova

 «Adolat» SDP fraksiya a’zosi,

O‘zbekiston Respubliki Oliy Majlis deputati

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlik: istiqbollar va ustuvor yo‘nalishlar