FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA) hamda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan “CAVA college university volleyball championship - 2025” xalqaro musobaqasida Buxoro davlat universiteti jamoasi munosib natijalarga erishdi.
Bir hafta davom etgan bellashuvlar yakunida Buxoro davlat universiteti jamoalari ham qizlar, ham yigitlar yo‘nalishida chempionlikni qo‘lga kiritib, ikki karra g‘olib bo‘ldi.
[gallery-25818]
Qizlar o‘rtasida Buxoro davlat universiteti sportchilari birinchi, Turkmaniston terma jamoasi ikkinchi, Urganch davlat universiteti talabalari uchinchi o‘rinni egalladi.
Yigitlar bahsida ham g‘oliblik mezbonlarga nasib etdi. Turkmaniston jamoasi ikkinchi, Qashqadaryoning Xalqaro innovatsion universiteti vakillari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Musobaqa doirasida shuningdek, “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi qarshi hujumchi”, “Eng yaxshi pas beruvchi” nominatsiyalari bo‘yicha bir qator ishtirokchilar o‘z nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Mazkur musobaqa nafaqat sport maydonidagi kurash, balki Markaziy Osiyo davlatlari talabalari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida ham tarixda qoldi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA