Joriy yilning 14–17 oktyabr kunlari Ashxobod shahridagi Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetida IV Xalqaro kimyo olimpiadasi hamda kimyo fanini o‘qitish bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 12 ta davlatdan 260 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti, Qarshi davlat universiteti va Osiyo xalqaro universiteti talabalari ishtirok etdi.


O‘zbekiston jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun mahorat darslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston talabalarining bu yutug‘i nafaqat ularning bilim va izlanishlarga bo‘lgan muhabbatini, balki yurtimizda ilm-fanga berilgan yuksak e’tibor samarasini ham yaqqol namoyon etdi.
Nigora Rahmonova,
O‘zA