Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida bo‘lgani kabi Yangiyer shahrida ham 21-oktyabr — “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida” gi qonunini qabul qilinganining 36 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida keng ko‘lamli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov so‘zga chiqib, tilimizning millat hayotidagi beqiyos o‘rni haqida to‘xtalar ekan, jumladan shunday dedi:

— O‘zbek tili — bu bizning qalb ovozimiz, tarix va taqdirimizning tirik mulkidir. Til bor joyda millat bor. Agar ona tilimizni asrasak, u holda yurtimizga bo‘lgan muhabbatimiz ham, mustaqilligimiz ham abadiy bo‘ladi. Har bir yosh yuragida ona tiliga muhabbat tuyg‘usi jonlansa, demak kelajagimiz yorug‘, davlatchiligimiz mustahkam bo‘ladi.

Tadbirda yosh ijodkorlar va o‘quvchilar ona tili haqidagi she’rlar, badiiy chiqishlar hamda kuy-qo‘shiqlar orqali ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va iftixor tuyg‘ularini yurakdan izhor etishdi. Maydonda “Ona tilim — jon tilim!” ovozlari yangradi, qalblar g‘urur va mehr tuyg‘ulari bilan limmo-lim bo‘ldi.

Tomoshabinlarga o‘zbek tilining chuqur tarixiy ildizlari, asrlar davomidagi taraqqiyot bosqichlari hamda uning bugungi kundagi davlat tili sifatidagi yuksak maqomi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, davlat tili kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusidagi ommaviy diktant va insho tanlovlari g‘oliblariga shahar hokimi tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va iftixor ruhi bilan yo‘g‘rilgan holda o‘tdi. Har bir ishtirokchi tilida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” degan so‘zlar yangradi va bu so‘zlar nafaqat bayram shiori, balki har bir o‘zbekning yuragidagi muqaddas qasamdek jarangladi.

G‘ulom Primov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!