FOTOREPORTAJ

Andijon davlat chet tillari institutida “Milliy qadriyatlar sayli” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Otabek Vositov ochib, ushbu loyiha yoshlarning milliy o‘zligini anglashi, tarixiy meros va qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda talabalar tomonidan milliy an’analarimiz, urf-odatlarimizni o‘zida mujassam etgan turli ko‘rgazmalar namoyish etildi. Jumladan, milliy liboslar namoyishi, milliy kuy va qo‘shiqlar ijrosi, hunarmandchilik mahsulotlari va badiiy asarlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, tadbir doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, milliy taomlar ko‘rgazmasi ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

[gallery-25802]

Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalar institut ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat chet tillari institutida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, milliy g‘oya va qadriyatlarimizni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonda “Milliy qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi