Bugun tongda Gonkong aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab yurib ketayotgan yuk samolyoti izidan og‘ib, xavfsizlik xizmati mashinasiga urildi.

Natiajada uchoq ham, avtomobil ham dengizga quladi. Mashinadagi ikki kishi halok bo‘lgan, samolyotning to‘rt nafar ekipaj a’zosi jabrlanmagan

Turkiyaning "ACT Airlines" aviakompaniyasiga tegishli "Boeing-747" rusumli havo kemasi Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahridan yetib kelgach, soat 03:50 atrofida Gonkong xalqaro aeroportiga qo‘nayotgan edi. Samolyot Dubayda joylashgan "Emirates" uzoq masofaga yuk tashuvchi kompaniya tomonidan ijaraga olingan edi.

– Uchuvchilar qo‘nish oldidan yordam so‘ragani yo‘q, chapga sirpanishdan oldin maxsus yo‘lagi enining taxminan yarmicha keladigan masofaga siljidi, – dedi aeroport xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ijrochi direktori Stiven Yu matbuot anjumanida. – Navbatchi avtomobil uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqqani yo‘q, uchoq esa yo‘lakdan chiqib ketdi va to‘siq ortidagi mashina bilan to‘qnashdi.

Qutqaruvchilar dengizga tushib, 40 daqiqa davom etgan qidiruvdan so‘ng avtomobil ichida qamalib qolgan ikki xavfsizlik xodimini topdi. Qo‘nish vaqti ob-havo tiniq bo‘lgan. Halokat sababi o‘rganilyapti.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gonkongda yuk samolyoti dengizga tushib ketdi