Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida butun sobiq SSSR fronti va mamlakat ichkarisi bir necha oy davomida Toshkent vaqti bilan yashagani, harbiy operatsiyalar rejasidan tortib, oddiy fuqaroning tonggi uyg‘onishigacha poytaxtimizdagi Astronomiya observatoriyasi soatlariga bog‘liq bo‘lgani bugun ko‘pchilikka ma’lum emas.

Bu hodisa zamirida nafaqat o‘zbek olimlarining ilmiy jasorati, balki urush davrining keskin sharoitida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat va nomi tarix sahifalarida qolmagan oddiy toshkentlik ustaning fidoyiligi yotadi.

Urush boshlanishi bilan sobiq Sovet davlatining aniq vaqtni belgilab beruvchi asosiy observatoriyalari jiddiy xavf ostida qoldi. Mamlakatning Vaqt xizmatiga mas’ul bo‘lgan ilmiy markazlarning aksariyati uning Yevropa qismida joylashgan edi. Front chizig‘i yaqinlashgach, ularni shoshilinch ravishda mamlakat ichkarisiga evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Bu jarayonda front va mudofaa sanoatini aniq vaqt bilan ta’minlash tizimi izdan chiqish arafasiga keldi. Aniq vaqtsiz nafaqat sanoat korxonalarining muvofiqlashgan ishini, balki harbiy operatsiyalar muddatlarini rejalashtirishni ham tasavvur qilib bo‘lmasdi. Butun mamlakat uchun aniq vaqt o‘lchovini yo‘qotish xavfi yuzaga kelgan o‘ta keskin bir pallada uzluksiz ishlayotgan yagona ilmiy dargoh – Toshkent astronomiya observatoriyasi edi.

Shu zahoti butun SSSR uchun aniq vaqt haqidagi radiosignallarni Toshkentdan turib uzatishni tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Bu toshkentlik astronomlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yukladi. Yulduzlarni tungi kuzatishlar, teleskoplar va ayniqsa, observatoriyaning asosiy soatiga xizmat ko‘rsatish o‘ta og‘ir mehnat va temir intizomni talab qilardi. Toshkent astronomiya observatoriyasi hududiga o‘rnatilgan radiostansiya har sutkada 7 marta aniq vaqt haqidagi signallarini efirga uzata boshladi. Taqqoslash uchun, tinchlik davrida bunday hajmdagi ishni 3 –4 ta observatoriya birgalikda bajarar edi.

Observatoriyaning “yuragi” sanalgan asosiy soat esa alohida sharoitda saqlanardi. Akademik Shuhrat Egamberdiyevning yozishicha, asosiy soat bino ostida, 12 metr chuqurlikda qazilgan maxsus shaxtaga joylashtirilgan edi. Faqat shunday chuqurlikdagina yil davomida deyarli o‘zgarmas haroratni saqlab turish mumkin edi. Bundan tashqari, soat mexanizmi vakuum hosil qiluvchi shisha qalpoq ostida turardi. Tabiiyki, soatga xizmat ko‘rsatish faqat sanoqli xodimlarga ruxsat etilgan edi. Bejizga uning oldiga kirish yo‘li faqat direktor kabinetidagi maxsus lyuk orqali bo‘lmagan. Biroq, eng mas’uliyatli pallada kutilmagan hodisa yuz berdi. Profilaktika ishlari vaqtida soatga mas’ul xodim ehtiyotsizlik oqibatida vakuumni ushlab turgan noyob shisha qalpoqni sindirib qo‘ydi. Uni metall qalpoq bilan almashtirishga bo‘lgan barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu urush davri qonunlariga ko‘ra, strategik ob’ektdagi qo‘poruvchilikka tenglashtirilishi va eng og‘ir oqibatlarga olib kelishi muqarrar edi.

Shunda observatoriya direktori Vladimir eglov tavakkalchilikka qo‘l urdi. U yuqori idoralarga bo‘lgan voqea haqida xabar bermasdan, tun qa’rida eski shaharga yo‘l oldi. Uning maqsadi chinni va sopol idishlarni metall chegalar yordamida ta’mirlaydigan usta-chegachilarni topish edi. V.eglov eng mohir ustani topib, unga ishning ahamiyatini, butun mamlakat taqdiri shunga bog‘liq ekanini tushuntirdi va tonggacha ishni yakunlashni iltimos qildi. Usta singan qalpoqni o‘ttiz ikkita metall chega bilan shunday ustalik bilan birlashtirdiki, u yana o‘z vazifasini benuqson bajara boshladi. Qalpoq o‘z joyiga o‘rnatildi va vakuumni a’lo darajada ushlab turdi. Asosiy soat butun urush davomida beminnat ishladi va to‘rt yarim oy mobaynida butun mamlakat Toshkent astronomiya observatoriyasi soatlariga qarab yashadi.

Shuhrat Egamberdiyevning ma’lumot berishicha, taxminan bir oy o‘tgach, V.eglov o‘sha ustani topib, unga minnatdorchilik bildirish uchun yana eski shaharga boradi. Ammo, afsuski, uni topa olmaydi. Keyinchalik olim o‘sha tunda qattiq stress holatida bo‘lgani uchun ustaning na ismini, na manzilini eslab qololmaganini aytgan. Ustaning shaxsi noma’lumligicha qoldi, ammo uning mehnati o‘zbek xalqining umumiy g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasining bir timsoli bo‘lib tarixga kirdi. Bu voqea nafaqat Toshkent astronomlarining ilmiy jasorati, balki fan va an’anaviy hunarmandchilik birlashganda qanday buyuk ishlarga qodir ekanini, nomi tarixda qolmagan oddiy o‘zbek ustasining mahorati va vatanparvarligini ko‘rsatuvchi ibratli voqeadir.

Alisher Egamberdiyev tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkinchi jahon urushining nomi noma’lum qahramoni