Vetnamning Xayfon shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 18 ta mamlakatdan 232 nafar sportchi, 20 ta yo‘nalishda bahs olib bordi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur chempionatga katta va yaxshi tayyorlangan tarkib bilan yo‘l oldi. Musobaqa arafasida terma jamoa a’zolarining jahon chempionati, jahon kubogi, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgani ularning tayyorgarligida muhim omil bo‘ldi.

Quvonarlisi, kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz jami 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning ilk kuniyoq Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Shahzod Nurmatov (LM1x) yakkalik dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasidagi ikki o‘rinli qayiqlar bahsida Malika Tagmatova va Anna Prakaten (W2x) dueti oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu natija Malika Tagmatova uchun Osiyo chempionatidagi 10 yildan keyingi ilk oltin medal bo‘ldi.

Shuningdek, Rayhona Sattarova va Aydana Smetullayeva (W2-) xalqaro musobaqalardagi kabi bu chempionatda ham kumush medal bilan taqdirlandi.

Erkaklar o‘rtasidagi to‘rt kishilik ekipaj – Boburjon Muhiddinov, Jamolbek Turg‘unov, Mehrojbek Mamatqulov va Shahboz Xolmirzayev (M4x) hamda Sobirjon Safaroliyev va Ozodjon Mamatov (LM2x) dueti kumush medalni yurtimiz xazinasiga qo‘shdi.

M8+ yo‘nalishida Shehroz Hakimov, Shuhrat Shodiyev, Obidjon Jo‘raqulov, Shahriyor Hamdamov, Fazliddin Karimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Davrjon Davronov, Alisher Turdiyev va Farrux Oblaqulovlardan iborat ekipaj oltin medalga loyiq deb topildi.

Musobaqaning ikkinchi kungi bahslari ham yurtdoshlarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Dilshodjon Xudoyberdiyev va Fazliddin Karimov (M2-) ekipaji oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Shahriyor Hamdamov va Obidjon Jo‘raqulov (LM2-) dueti ham oltin medal bilan taqdirlandi.

Terma jamoamiz a’zolarining ikki bronza medali LM4x va LM4 yo‘nalishida jamg‘arildi.

Ushbu natijalar —O‘zbekistonda akademik eshkak eshish sporti taraqqiyotga yuz tutganidan dalolat, sportchilar va ularni tayyorlagan murabbiylar mehnati samarasi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarimiz Osiyo chempionatini 10 ta medal bilan yakunladi