Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi Hazrat Shohjalol xalqaro aeroporti yuk terminalida yong‘in sodir bo‘ldi.

Mahalliy “Dhaka Tribune” gazetasi yozishicha, mamlakat Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi vakili Kavsar Mahmud hodisa import mahsulotlari saqlanadigan omborda kuzatilganiga urg‘u bergan.

Armiya, xavfsizlik kuchlari va o‘t o‘chiruvchilardan iborat guruhlar fojiaga tezkorlik bilan javob berib, olovni o‘chirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

Yong‘in va fuqarolik mudofaasi boshqarmasi matbuot kotibi Tala’ bin Jasim yong‘in haqida mahalliy vaqt bilan soat 14:30 da xabar berilgani va darhol voqea joyiga 37 o‘t o‘chirish ekipaji yetib kelganini ta’kidlagan.

Aeroport rahbariyati xavfsizlik chorasi sifatida aeroportdagi barcha reyslar to‘xtatilgani, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish maqsadida samolyotlar boshqa hududga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

Darhaqiqat, baxtsiz hodisa tufayli ko‘plab kiruvchi va chiquvchi reyslar yo‘nalishi o‘zgartirilgan yoki kechiktirilgan.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bangladesh xalqaro aeroportida yong‘in