Qatar Davlati axborot agentligi QNA ushbu arab mamlakati moliya vaziri Ali bin Ahmad Al-Kuvariy O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashganini yoritdi.
Mazkur muloqot Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki guruhi yillik yig‘ilishi doirasida kechgan.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati tahlil qilinib, qo‘shma hamkorlik yo‘nalishlari o‘rganilgan, iqtisodiy, sarmoyaviy va savdo o‘zgarishlari mavzusi ko‘tarilgan. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa qator masalalar muhokama qilingan.
M.Pirmatova, O‘zA