Bahraynning Manama shahrida III Osiyo o‘yinlari boshlandi. Unda qit’amizning 45 mamlakatidan 8 ming nafardan ortiq yosh sportchilar 24 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi.

Garchi, musobaqaning ochilish marosimi 22 oktyabr kuniga belgilangan bo‘lsa-da, bugun 19 oktyabr kuni voleybol, kurash, gandbol, kapadi va penchak silat sport turlari bo‘yicha bahslarga start beriladi.

Ushbu sport turlari orasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari penchak silat va kurash musobaqalarida bugun ilk bahslarini o‘tkazadi. Jumladan, kurash bo‘yicha  Otabek Yo‘ldoshboyev 65,  Durdona Tursunova esa 70 kilogrammgacha vazn toifasida medallar uchun raqobatlashadi. Penchak silat bahslarida Feruza Bozorova hamda Nurislom Ro‘ziboyev saralash bosqichida kuch sinashadi.

Voleybol va gandbol bo‘yicha o‘tadigan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini 20 oktyabr kunidan boshlaydi. Unda voleybolchilarimiz Qozog‘iston termasini, gandbolchilarimiz esa hindistonlik raqiblarini sinovdan o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III Osiyo o‘yinlarida 5 ta sport turi bo‘yicha bahslar boshlandi