Turkiyaning Istanbul shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha "Satellite" tasnifiga kiruvchi musobaqada dunyoning 17 mamlakatidan kelgan 100 nafarga yaqin qilichbozlar o‘zaro raqobatlashdi.
Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Musa Aymuratov saralashda Avstriya, Turkiya va Italiya vakillarini yengib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Afsuski, Islombek Abdazov, Sardor Abdukarimbekov, Zuhriddin Qodirov va Alpamis Urakbayev mazkur musobaqada turli bosqichlarda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Musa Aymuratov sentyabr oyi yakunida Belgiya davlatida o‘tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha nufuzli “Satellite” turnirining 1/2 finalida ispaniyalik Santyago Madrigalni 15:10, ukrainalik Andrey Yagodkani 15:12 hisobida taslim etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA