So‘nggi yillarda aqlli texnologiyalar sohasi Xorazm viloyatining tashrif qog‘oziga aylanib ulgurdi. Viloyatda ushbu sohada ko‘plab tajribali mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatdagi “IT  Park” rezidentlari soni so‘nggi 5 yilda 15 barobarga va eksport hajmi 20 barobarga oshdi.  

Ayni damda viloyatda “IT  Park” rezident korxonalari  soni qariyb yuzdan ortiq, ularning 30 dan ortig‘i eksportyor korxonalardir. Ular tomonidan AQSH, Rossiya, Xitoy, Malayziya, Litva va Irlandiya kabi davlatlarga xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Mazkur sohada mingdan ortiq eldoshlarimizning bandligi ta’minlangan.  

Bugun ular yaratgan dasturiy ishlanmalar nafaqat xorijda, balki yurtimizda ham turli sohalarga keng tadbiq etilmoqda.  

Xorazm viloyat hokimligi huzurida Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari loyihalarini amalga oshirish va geografik axborot portalini ishlab chiqish hamda uni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha (raqamli rivojlanish) bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan  yaratilgan dasturiy ishlanmalar ham mamlakatimizda keng tadbiq etilgan bo‘lib, o‘z samarasini bermoqda.  

Misol uchun,  «Cancer-registr» axborot tizimi bugungi kunda mamlakatimizda  zamonaviy tibbiyot tizimining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. 2024 yilda uch oy davomida  Xorazm viloyatining Xiva tumanida tajribadan o‘tkazilgan axborot portalidan bugun butun respublikamizda foydalanilmoqda.  Ushbu tizim ayollardagi bachadon bo‘yni saraton kasalligini erta aniqlash va davolashga ko‘maklashadi.  

[gallery-25789]

–Ushbu plartformaning maqsadi onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda onkologik xizmatlarning hisobot-buxgalteriya ma’lumotlari bo‘yicha axborot va hujjat aylanishining elektron almashinuvini tashkil etish, avtomatlashtirilgan jarayonni soddalashtirish, turkumlash va standartlashtirish, bu tizimning barqarorligini, uning nazorati, zaif tomonlarini tahlil qilishda shaffoflikni ta’minlaydi, – deydi bo‘linma bosh mutaxassisi Hikmat Egamberganov. – Ushbu tizim tibbiyot muassasalaridagi videokolpaskopiya uskunalariga integratsiyalashgan bo‘lib, bir vaqting o‘zida tekshiruvdan o‘tayotgan ayol haqidagi ma’lumotlar va sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tahlillarni markaziy tibbiyot markazlariga ham jo‘natadi.

Ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish, skrining jarayonlarini samarali tashkil qilish, zamonaviy skrining usullarini amaliyotga keng joriy etishga xizmat qilayotgan “cancer-registr.uz” axborot plartformasining bazasida bugungi kungacha sakkiz yuz mingdan ortiq xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar yig‘ilgan.  

–  Bu jarayonni jadallashtirish — sog‘liqni saqlash sifatini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va bemorlar hayotini saqlab qolish imkoniyatini oshiradi, – deydi Xiva tumanidagi 43 - sonli oilaviy poliklinika shifokori Jamila Oltmishboyeva. – Bu tizim elektron tibbiy karta va ma’lumotlar bazasi yaratishda ham muhim bo‘lib, bemorlarning ma’lumotlari, kasallik tarixlari, tashxis va davolanish jarayonlari raqamlashtirilgan, tibbiy ma’lumotlarga tezkor kirish va tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, tibbiy xatolar ehtimoli ham kamayadi. Misol uchun, fuqaro bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng uning sog‘ligini doimiy ravishda tizimning o‘zi nazorat va tahlil qilib boradi. Hatto keyingi tekshiruv vaqti kelganida fuqaroning telefon raqamiga xabarnoma jo‘natadi. Shuningdek, shifo maskanida ham elektron navbat olib qo‘yadi.

Tizimning yana bir afzalligi, uzoq joydagi bemorlar mutaxassislardan masofaviy maslahat va tashxis olishi mumkin.  Ayniqsa, qishloq joylarida bu texnologiya juda foydali.  

–  Mahallamizdagi ayollarning barchasi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan yili o‘tkazilgan edi, – deydi Xiva tumani Shomaxlum mahallasida istiqomat qiluvchi Feruza Sodiqova. – Ular sog‘lom, o‘rta va og‘ir toifalarga ajratilgan bo‘lib, har birimizga alohida davolash usullari belgilangan. Shunga qarab yangi tizim qo‘l telefonlarimizga xabarnomalar jo‘natadi. Kasalligi jiddiyroq bemorlar ham viloyat markaziga yoki Toshkentga borib, ko‘rikdan o‘tishi shart emas. Mahallamizdagi poliklinikada onlayn tarzda mamlakatimizning tajribali shifokorlari, professor va mutaxassislarining maslahat va ko‘rsatmalarini olish mumkin. Bu esa bemorning ham vaqtini, ham mablag‘ini va jismoniy kuchini ham tejaydi.  

Viloyat hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish bo‘linmasi dasturchilari tomonidan yaratilgan “Fertil.ayol” axborot plartformasi, “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash” yagona avtomatlashtirilgan monitoring axborot platformasi, aholining murojaatlarini monitoring qilish va uni doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha “e-murojaat.uz” axborot portali kabi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.  

AKT  bugun mamlakatimizda ham tez va shiddat bilan rivojlanayotgan sohalardan biridir. Jumladan, Xorazm viloyatida AKT sohasini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda yosh, malakali kadrlar tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xorazmda tayyorlanayotgan dasturchi mutaxassislar ham o‘z ishlanmalari bilan sohaning rivojlanishiga hissalarini qo‘shishmoqda.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/GhfzKESYKh4?si=vpIB8RdnewfaPBxJ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov (surat, video),  

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AKT – Xorazmning yangi drayveri (+video)