Shu kunlarda Prezidentimizning topshirig‘iga muvofiq, respublika miqyosida “Tozalik va ozodalik oyligi” o‘tkazilmoqda. Bu tashabbus atrof-muhitni asrash, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda chiqindilarni tartibli yig‘ish tizimini mustahkamlashni maqsad qilgan.

Ekologik nazorat doirasida respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida belgilangan joylardan tashqariga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 328 ta holat aniqlangan. Ushbu huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan fuqarolarga nisbatan jami 224 million 360 ming so‘m miqdorida jarimalar belgilangan. 

Nazorat ishlarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislari Bosh prokuratura, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda olib bormoqda. 

Shu bilan birgalikda, ishchi guruh tomonidan chiqindilarni noqonuniy tashlash holatlari bo‘yicha doimiy monitoring va profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Obodonlashtirish ishlari doirasida mahallalar, ko‘chalar, ariqlar, ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy ob’ektlar chiqindilardan tozalanmoqda. Fuqarolar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, chiqindilarni saralab tashlash va ularni qayta ishlashning ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan axborot-targ‘ibot ishlari ham faol olib borilmoqda. 

Ekologiya vazirligi barcha fuqarolarni tozalik oyligida faol ishtirok etishga, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirmoqda. 

Shahar tozaligi — bu faqatgina kommunal xizmatlar emas, balki har bir fuqaroning vijdoniy burchi. Belgilangan joylarga chiqindi tashlash, tabiatni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish orqali biz nafaqat bugunning, balki ertangi avlodning sog‘lom hayot muhitini ta’minlaymiz. 

Qolaversa, atrof-muhitni ifloslantirish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tozalikka rioya qilish esa barchamizning qo‘limizda!

M.Eshmirzayeva,

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublikada chiqindi tashlash bo‘yicha 300 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi