Ozarbayjonning Boku shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi J30 tasnifiga kiruvchi nufuzli xalqaro turnirda tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Mahmudbek Beknazarov 1/4 finalda ruminiyalik Matey Sukuni 6:3, 6:3, yarim finalda gruziyalik Nikoloz  Sirbiladzeni 6:2, 6:1 hisobida yengdi va so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida neytral tennischi Nikita Davidovskiyga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Juftlik bellashuvlarida esa Amir Safoyev va Asilbek Ismoilov tandemi o‘z ishtirokini munosib davom ettirmoqda. Ular yarim finalda AQSH vakili Arush Kote hamda isroillik Itay Kilimnikni 6:4, 5:7, 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, final bosqichiga chiqdi.  

Shu tariqa, Amir va Asilbek xalqaro turnirning juftliklar o‘rtasidagi bosh sovrin uchun o‘tadigan o‘yinida neytral tennischilar Arkiom Askirka va Mark Xaidt dueti bilan raqobatlashadi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischilarimiz Bokuda finalga chiqdi