Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirishni taqozo etmoqda.
Yuqorida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh faoliyat yuritmoqda. Ushbu guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi qarori hamda 2025 yil 18 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli choralar konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida ish olib bormoqda.
Ishchi guruh Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan mahallalarda tuman IIB, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, hokimiyat va jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqda.
Tumandagi kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tashkiliy-profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi sub’ektlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda alohida yondashuv asosida manzilli ishlash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Buning uchun mutasaddi shaxslarni qiynab kelayotgan muammolarni bevosita joylarga chiqib o‘rganish orqali ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu takliflar tumanning 4-chorak uchun tayyorlanayotgan “Yo‘l xarita”lariga kiritilmoqda.
—Xususan, tumanning “Sortepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi kriminogen vaziyat o‘rganildi,— deydi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti Jasurbek Ataniyazov. — Mahalla faollari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda aholi kayfiyatiga ta’sir etuvchi muammolar fuqarobay usulda tahlil etildi. Joylardagi tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda muammolarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, tuman hududida “Xavfsiz hudud – dolzarb 20 kunlik” tadbiri doirasida jamoat tartibini saqlash ishlari faollashtirildi. Aholi xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlar yanada kuchaytirilmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/TXz65Zt-Vpk?si=eptJySnvBDf8a8jm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova,
Ulug‘bek To‘xtayev (montaj)
O‘zA