Sayohat manzillari

Jannatmakon yurtimizning har bir go‘shasi so‘lim. Ammo shunday hududlar borki, tabiatning samimiy qo‘li ularga go‘zallikni tuhfa etgan, inson esa uni asrab, yuragiga joylagan. 

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Shut qishlog‘i shunday joylardan biri – tog‘ bag‘rida tabiiy tarovat ila yashnab turgan, har bir nafasing toza havoga to‘ymaydigan maskan.

Shut – Hazrati Sulton cho‘qqisining etaklarida, deyarli tog‘ quchog‘ida joylashgan qishloq. Tuman markazidan 105 kilometr uzoqlikdagi bu maskan tabiatning sevimli farzandiday ko‘rinadi. Qishloq nomi ham tojik tilida “oxirgi”, “tamom” degan ma’nolarni anglatadi – go‘yo bu yer yurtimizning tabiiy marjonlari ketma-ketligining so‘nggi nuqtasi. Tog‘ning narigi tomonida esa Tojikiston hududi boshlanadi.

Kuz fasli bu yerga go‘yo rassomona chiroy bag‘ishlagan. Yaproqlar qizil, sariq va yashil ranglar bilan bir-biriga uyg‘unlashib, tabiat sahnasini bezab turadi. Har bir qarashingda tabiatning jonli musiqasi yangrayotgandek.

Bu maskanga ikkinchi bor safar qildik. Har kelganimizda go‘yo ilk marta ko‘rayotgandek taassurot hosil bo‘ladi. Bu safar ham Toshmurod ismli yigit yo‘lboshchi bo‘ldi. U “Sizlarga ajoyib manzara ko‘rsataman” deb, qishloqning o‘rtasidan oqib o‘tuvchi jilg‘a bo‘ylab balandlikka yo‘l boshladi.

So‘qmoq yo‘ldan toshlar oralab ko‘tarildik. Tog‘ning sukunatini faqat suvning sharqirashi va mayin shabada bezovta qilardi. Yo‘l borgan sari toshlar kattalashib, jilg‘a kichik soyga aylandi. Toshmurodning odatdagi yengil qadamlari bizga dalda bo‘ldi – u uchun bu yo‘llar tanish, biz uchun esa sinov.

[gallery-25776]

Nihoyat, tik qoya orasida sharshara ko‘rindi. U besh qavatli uydek baland, suv esa qoyani ikkiga bo‘lib tushardi. Tiniq suv tomchilari quyosh nurlarida kamalak tusini olgan, tabiatning o‘z qo‘li bilan yaratilgan ajoyibot!

Hamrohimiz bizni yana ichkariga yetakladi. Tosh oralaridan oqib tushgan suv yillar davomida qoyani shunday taroshlaganki, bugungi kunda u yerda go‘yo tabiatning o‘zi chizgan haykal – silliq toshlar, chuqur jarlik va salqin havo hukmron.

– Biz bu yerni “g‘ud” deymiz, – deydi shutlik Qurbonqul Salomov. – Bu so‘z tojikchada “chuqur jarlik” degani. Yoz faslida bu yer biz uchun tabiiy muzlatgich vazifasini bajaradi. Go‘sht, qatiq, sariyog‘ kabi mahsulotlarni shu yerga qo‘yib qo‘yamiz. Sovuqligidan hech narsa buzilmaydi.

Sharsharaning musiqa singari tinchlik bag‘ishlovchi shovqini ostida dam oldik. Toza havo, suvning so‘lim shovqini, toshlar orasidagi kamalak – bu manzarani so‘z bilan to‘liq ifoda etish mushkul.

Qishloq atrofidagi yana bir ajoyibot – Kamaribibisher g‘ori. Qoya ichida joylashgan bu g‘or haqida juda ko‘p rivoyatlar aytiladi. Uning og‘zi keng, avval boshda tik yurish mumkin. Biroz ichkari kirilgan sari yo‘laklar torayadi va insonni go‘yo tabiatning qo‘yniga chorlaydi.

Taxminan 30 metrlar ichkariga kirsangiz, yo‘laklar torayadi. U yog‘iga emaklab yurish kerak. Kameralarimiz yog‘dusida birinchi tor tuynukdan emaklagancha o‘tdik. Yo‘l yana kengaydi va biroz enkaygan holatda to‘xtaymiz. Shu yerdan yo‘laklar ikkiga bo‘linadi. Undan emaklab ham o‘tish mushkul. Hamrohimiz Qurbonqul akaning ta’kidlashicha, birinchi tuynukdan 15 metrlar ichkariga kirilsa, yo‘l yana kengayadi va chashma chiqadi. U yog‘iga belga uzun arqonni bog‘lagancha kiriladi, yo‘qsa yo‘ldan adashib ketish hech gapmas. 

– Ota-bobolarimizning aytishicha, ilgari juda xudojuy bo‘lgan bir cho‘pon qo‘ylari bilan shu g‘ordan kirib, Hazrati Sulton cho‘qqisi tomon chiqqan ekan, – deydi Qurbonqul aka. – Biz ham bir necha marta kirganmiz, ammo chuqurroq joylarda havo bosimi pastligi tufayli ichkariga bora olmaganmiz.

G‘or devorlarida ko‘hna olov izlari, sopol buyum parchalari ko‘zga tashlanadi. Ular bu yerda qadimda odamlar yashaganidan, u yer tarixning tirik guvohi ekanidan darak beradi.

Suratga olish jarayonida g‘orning haqiqiy “sohiblari” – ko‘rshapalaklar ham ko‘rindi. Ular tepada sukut saqlab, o‘z sukunati bilan bu makonning sirli muhitini yanada chuqurlashtirardi.

G‘or tepasidagi tepalikda esa qadimiy qabriston joylashgan. Mutaxassislar u yerdan topilgan suyak va buyumlarni taxminan 1,5 ming yil avvalgi davrlarga mansub deb baholagan.

Shut qishlog‘i nafaqat tabiiy go‘zallik, balki tarix, rivoyat va inson mehr-murabbatini o‘z bag‘rida jamlagan hudud.
Bu yerga borgan inson faqat manzara ko‘rmaydi – u yurtimizning bitmas-tuganmas boyligi, tabiat va inson uyg‘unligining guvohi.

Yana bir gap. Shut qishlog‘i faqat tog‘ bag‘ridagi so‘lim maskan emas, balki mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega hududlardan ham biridir. Bu yerdagi sharsharalar, g‘orlar, tog‘ yo‘llari va musaffo havo tabiat qo‘ynida dam olishni, tinchlik va osoyishtalikni istaganlar uchun qimmatli ne’matdir.

Agar bu yerda zamonaviy turizm infratuzilmalari – yo‘l, yo‘nalish ko‘rsatkichlari, kichik dam olish maskanlari, mahalliy aholi ishtirokidagi sayyohlik xizmatlari yo‘lga qo‘yilsa, Shut nafaqat Qashqadaryo, balki butun mamlakat miqyosidagi eng jozibali ekosayohat nuqtalari sirasiga kira oladi.

Mahalliy aholi tabiatni asrab-avaylash, uning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish borasidagi munosabati bilan ham sayyohlar uchun o‘rnak bo‘la oladi. Bu esa ekoturizmning asosiy tamoyili – tabiatni asrab, uni his etish madaniyatini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Shut – bu yerga kelgan har bir kishi tabiat bilan hamnafas bo‘ladigan, qalb sukunatini qayta topadigan, tarix va tabiat uyg‘unligini his qiladigan makon.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8mPFbVIuUBQ" title="Shut – tog‘ bag‘ridagi go‘zal maskan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shut – tog‘ bag‘ridagi go‘zal maskan (+video)