Mamlakatimizda boy ma’naviy va tarixiy merosni, shuningdek, Sharq olimlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini keng targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab madaniy va gumanitar loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi “Oskar” mukofoti sohibi, afsonaviy Gollivud aktyori Ben Kingsli ishtirokidagi yangi xalqaro loyihani amalga oshirishni boshladi.

Loyiha doirasida tarix, madaniyat va fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar va ulamolar hayotiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qisqa metrajli hujjatli filmlar yaratilmoqda. 

Ushbu filmlar xalqaro auditoriya uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dunyoning yetakchi media-platformalarida namoyish etilishi ko‘zda tutilgan, deyiladi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi ma’lumotida.

Loyihaning ilk bosqichida Ben Kingsli ishtirokida videorolik suratga olindi. Bu rolik Sharqning buyuk mutafakkirlari va olimlari, ularning ilmiy merosi va g‘oyalari jahon madaniyati, falsafasi hamda fan rivojiga ko‘rsatgan beqiyos ta’siri haqida hikoya qiluvchi katta filmlar turkumiga muqaddima bo‘ladi.

Kelgusida loyiha doirasida boshqa jahon miqyosida tanilgan aktyorlar va san’at arboblarini ham jalb etish rejalashtirilgan. Bu orqali tomoshabinlarga hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan islom sivilizatsiyasining betakror sahifalarini butun dunyo miqyosida yetkazish imkoni yaratiladi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarini amalga oshirish yo‘lida xalqaro madaniy muloqotni mustahkamlash, yurtimizni qadimiy sivilizatsiyalar beshigi, fan, madaniyat va ma’rifat yurti sifatida tanitishga xizmat qiladi.

A.RUSTAMOV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gollivud aktyori o‘zbek zaminida yetishgan buyuk olimlar haqida hikoya qiladi