Jizzax viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda. Shu maqsadda “O‘zenergoinspeksiya”ning viloyat hududiy boshqarmasi va prokuratura organlari hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida navbatdagi qoidabuzarlik aniqlandi.
Unga ko‘ra, G‘allaorol tumanidagi “A.U.B.” oilaviy korxonasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.
Inspeksiya axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu qoidabuzarlik orqali elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 217 million so‘mlik zarar yetkazilgan. Ayni kunda mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA