"Arab News" xabar berishicha, AQSH va Isroilning Yamanga qarshi amalga oshirilgan avvalgi hujumlari chog‘ida xusiy hukumati shtabi boshlig‘i Muhammad Abdulkarim Al-G‘amariy halok bo‘lganini yozdi.
Xusiylar yozma bayonotida shu haqda yangi ma’lumot berilgan.
Bayonotga ko‘ra, ikki yildan ortiq vaqt davomida Yamanga ko‘plab hujum uyushtirilgan. Zarbalar dengiz, quruqlik va havo kuchlari tomonidan ko‘plab begunoh aholi vakillari, harbiy xizmatchilar, shuningdek bosh vazir va turli vazirlarga qaratilgan.

Natijada Al-G‘amariy, uning 13 yoshli o‘g‘li va boshqa rasmiylar hayotdan ko‘z yumgan. Yuqori mansabli mulozim qachon, qay holda vafot etgani haqida ma’lumot berilmagan.
Hisobotda Isroilga qarshi ballistik va giper tovushli raketa, uchuvchisiz havo vositalari va harbiy kemalar, jami 1835 quroldan foydalanilgan holda, 758 marta hujum uyushtirilgani ham qayd etilgan.
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats ham Al-G‘amariyning o‘limi haqida ijtimoiy tarmoq orqali yozma bayonot bergan. Uning aytishicha, Al-G‘amariy halokatli yaralangan hujum avgust oyida Isroil armiyasi tomonidan amalga oshirilgan.
M.Pirmatova, O‘zA