"Jadidlar — millat qahramonlari"
1917 yilda Turkistonda 100 ta jadidlar maktabi bo‘lgan va albatta, ulardagi o‘qitish mullalar va musulmon ruhoniylari qarshiligiga uchrab turgan. Avvalboshdanoq bu maktablar Yevropa maktablariga yaqin va ta’limni rivojlantirishga yordam beradi, deb qaralgan, lekin tez orada bunday yangi maktablar omma ongiga yangiliklar olib kirayotgani va yoshlarning savollari ko‘payib ketayotgani, jumladan, milliy ong uyg‘onayotgani fahmlangan. Va navbati bilan yopila boshlagan. Bunday maktablar juda ko‘p narsa berayotgan edi.
Jadidlar maktablarini Yevropa maktablariga bevosita o‘xshash bo‘lgan, deyish qiyin, lekin ularda o‘sha maktablarning dastlabki namunalari bor edi. Birinchidan, ular partalar bilan jihozlangan, bu maktablardagi bolalar musulmon maktablaridagi singari yerda o‘tirmagan va o‘qituvchilar ularning boshi ustida kaltak o‘ynatib turmagan. Jadidlar maktablarida kitoblar, keyinchalik esa xaritalar bo‘lgan.
Bu o‘rinda darsliklar nashr qilishda Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqorining xizmatlarini alohida e’tirof etish joiz. Dastlab darsliklar bo‘lmagan. Ular Rossiyadan olib kelingan va tatar maktablariga mo‘ljallangan bo‘lgan. Ismoil Gasprinskiy bu masalada katta yordam ko‘rsatgan. Jadidlar so‘ngra o‘zi darsliklar chop qilishga o‘tgan. Munavvarqori va Behbudiy juda ko‘p darsliklar yozgan. Masalan, “Kitobi avval” yoki matematika, adabiyot, geografiya bo‘yicha darsliklarni olaylik. Albatta, ular qaysidir darajada Rossiya darsliklaridan o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin, lekin shunga qaramay, bu juda katta olg‘a siljish edi.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi Daler Mirzayev jadid maktablari, ularning faoliyati va tugatilish sabablari haqida ma’lumot beradi:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4o11h5X1XWA" title="Turkistonda jadid maktablari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA