2026 yilning 11 iyun kunidan 19 iyul sanasigacha AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlarida futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlari o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

Mazkur musobaqa boshlanishiga oz muddat qolayotgani bois, dunyo uzra chempionat haqida turli xabarlar urchimoqda. Ushbu xabarlardan biri,  musobaqadagi uchrashuvlar uchun chiqarilgan chiptalarning sotuvi haqida bo‘ldi.  

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasining (FIFA) bergan xabariga ko‘ra, ayni damda Jahon chempionatining 1 milliondan ortiq chiptalari sotilgan va bu raqamlar kun sayin ortib bormoqda. Sportdagi eng muhim tadbirlardan biri bo‘lgan mazkur chempionatga 212 mamlakatdan muxlislar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, guruh o‘yinlari uchun chiptalar narxi 60-105 AQSH dollaridan 410-620 AQSH dollarigacha baholangan. Nyu-Jersida bo‘lib o‘tadigan final uchun 1-toifali chiptalar 6730, 2-toifa 4210, 3-toifa 2790, 4-toifa esa 2030 AQSH dollari etib belgilangan. Chiptalar narxi yanada ko‘tarilishi mumkin.  

Ma’lumot o‘rnida: mundialda 48 ta terma jamoa 4 tadan 12 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Guruhlarda dastlabki ikki o‘rinni egallagan va uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi sakkizta jamoa navbatdagi bosqichga yo‘l oladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FIFA: Jahon chempionatiga bir milliondan ortiq chipta sotildi