AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHda savdo tarifi joriy qilingandan beri mamlakat dunyodagi eng boy davlatga aylangani haqida fikr bildirdi.
- Endi, boj joriy etilishi bilan, Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng boy davlat ekaniga ishonaman va biz yuzlab milliard dollar ishlab olyapmiz, - degan Amerika yetakchisi jurnalistlarga.
Tramp avvalroq AQSH import tarifidan 200 milliard dollardan ko‘proq daromad olgani, ushbu ko‘rsatkichni yiliga 1 trillion dollargacha oshirish niyati borligini aytgan edi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotiga ko‘ra, AQSH yalpi ichki mahsulot miqdori bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or davlat hisoblanadi.
S.Rahimov, O‘zA