“AirAsia” aviakompaniyasining Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysni amalga oshirgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

An’anaga ko‘ra, bortida 218 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot suvli arka, ekipaj a’zolari esa gullar bilan kutib olindi. Yo‘lovchilar uchun milliy raqs jamoalarining chiqishlari namoyish etildi. 

“AirAsia” aviakompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Malayziya va O‘zbekistonni bog‘lovchi yangi yo‘nalish sayyohlar uchun yengillik yaratib, ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

 – Toshkent aeroportida “AirAsia” aviakompaniyasining havo kemasini ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Ishonchimiz komil, reysga talab katta bo‘ladi. Biz esa yo‘lovchilarning qulayligi uchun barcha zarur  sharoitlar  yaratamiz, — dedi “Uzbekistan Airports Handling” kompaniyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Umid Hamroyev. 

Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 3 marta – dushanba, chorshanba va juma kunlari keng fyuzelyajli “Airbus A330” samolyotlarida amalga oshiriladi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida parvozlar yo‘lga qo‘yildi