Joriy yilning o’tgan to’qqiz oyi davomida O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga fuqarolardan jami 11 333 ta fuqarolar (iste’molchilar) murojaati kelib tushgan.

Tushgan ariza va shikoyatlarning 10 549 tasi (93,1 foizi) ijobiy hal etilgan. Natijada, iste’molchilar foydasiga umumiy qiymati 78 milliard 694 million 299 ming 251 so‘m bo‘lgan zararlar qayta hisob-kitob qilinib, qaytarib berildi.

Shuningdek, Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan iste’molchilarning 114 ta murojaati asosida sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan. Ushbu ishlarning ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga yana 21 milliard 440 million 915 ming 912 so‘m miqdoridagi moddiy va ma’naviy zararlar undirilib, qayta hisoblandi.

Federatsiyaga kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi quyidagi sohalarga to‘g‘ri keladi:

3550 ta (31,3%) – savdo;

1846 ta (16,3%) – kommunal xizmatlar;

1089 ta (9,6%) – suv ta’minoti;

970 ta (8,6%) – gaz ta’minoti;

569 ta (5,0%) – servis xizmatlari;

431 ta (3,8%) – elektr ta’minoti;

335 ta (3,0%) – aloqa va internet;

233 ta (2,1%) – transport xizmati;

223 ta (2,1%) – sog‘liqni saqlash tizimi;

1902 ta (16,8%) – boshqa sohalar.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018 yilda Xalqaro iste’molchilar tashkiloti — Consumers International a’zoligiga qabul qilingan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilar foydasiga salkam 79 milliard so‘m qaytarildi