Suriyaning muvaqqat Prezidenti Ahmad Ash-Shara’ kecha Moskvaga rasmiy tashrif bilan keldi. U 2024 yil dekabrda Bashar Asad ag‘darilgan qo‘zg‘olonga rahbarlik qilgan. Asad Rossiyaning tashqi ittifoqchilaridan biri edi. RF uni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n yil avval Suriyadagi fuqarolik urushiga aralashgan. Buning ortidan Bashar ko‘p yil hokimiyat tepasida qolishga erishdi. Matbuot Ahmad Ash-Shara’ Moskvaga tashrifi chog‘i Putindan Asad ekstraditsiya qilinishini so‘rashi mumkinligini yoza boshladi.

Ash-Shara’ hokimiyatga kelgach, AQSH va G‘arbga yaqinlasha boshladi. Shu bilan birga u Moskva bilan ham pragmatik munosabatni saqlashga urinyapti va Rossiyaga Suriyaning qirg‘oq bo‘yidagi harbiy-havo va dengiz bazalari ustidan nazoratni saqlash imkonini berayotir. Uchrashuv arafasida Kreml Rossiya bazalarining kelajagi mavzusi ham muhokama qilinishini aytdi.

Ash-Shara’ muloqot boshidagi qisqa televizion murojaatida Rossiya bazalari haqida gapirmay, o‘zaro tarixiy aloqalar rivojlanishi muhimligini ta’kidladi. Prezident Vladimir Putin esa o‘z navbatida Suriyada parlament saylovi o‘tkazilgani uchun Ash-Shara’ni maqtab, o‘sha tadbirni “yirik muvaffaqiyat” deb atadi.

Ayni payt Ukraina bilan keng ko‘lamli urushda band bo‘lgan, Suriyada faqat kichik harbiy bo‘linmani saqlab turgan Moskva Asadga yordam berish yoki qo‘zg‘olonchilar hujumiga qarshi turishga harakat qilmadi. Asad mamlakatdan qochgach esa Rossiyadan boshpana topdi.

Ahmad Ash-Shara’ “CBS News” telekanaliga bergan intervyusida Suriya hukumati Bashar Asad sud qilinishi uchun “bor huquqiy vositalar”dan foydalanishini bildirdi. Kreml esa bu mavzuni shu paytgacha chetlab o‘tmoqda.

Dushanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Asadga “o‘zi va oilasi jismonan yo‘q qilinishi xavfi mavjudligi tufayli” qabul qilinganini ta’kidladi. Shuningdek, Bashar Moskvada zaharlangani haqidagi da’voni ham inkor etdi. Uning “Moskvada yashashi uchun hech qanday muammo yo‘qligi va zaharlanish sodir bo‘lmagani”ni ma’lum qildi.

Darvoqe, yanvar va sentyabr oylarida Rossiya delegatsiyalari Damashqqa borgan. Suriya tashqi ishlar vaziri iyul oyida Moskvaga tashrif buyurgan.

Yangi hukumat RF bilan munosabatni saqlashi urushda vayron bo‘lgan mamlakatni tiklash uchun muhim. Kreml esa ushbu arab davlatidagi dengiz va havo kuchlari bazasini saqlab qolishdan manfaatdor. Ushbu manzillar Rossiyaning O‘rta Yer dengizi mintaqasidagi harbiy ishtirokida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Ahmad Ash-Shara’ intervyusida ruslar bilan ko‘p yillik munosabat energetika, oziq-ovqat ta’minoti va strategik manfaat kabi sohalarga taalluqliligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Suriya ushbu sohalarda qisman Rossiyaga bog‘liq.

Suriyada 2011 yil martda boshlangan urush 500 000 nafarga yaqin insonning yostig‘ini quritgan. Urushdan avval 23 million aholiga ega mamlakatning yarim aholisi uyini tark etgan. 5 milliondan ortiq suriyalik mamlakatdan qochib, ko‘pchilik Yevropaga yo‘l olgan.

Asad ag‘darilgach, dastlab ko‘plab suriyaliklarda barqarorlikka umid uyg‘ondi. Binobarin, alaviylar va druzlar kabi ozchilik guruhlarga qilingan hujumlar yuzlab insonlar hayotiga zomin bo‘ldi, xavfsizlik borasidagi xavotirni qayta jonlantirdi.

Joriy yil mayda Ahmad Ash-Shara’ AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan shaxsan uchrashdi. Tramp yangi yetakchini “yosh, g‘ayratli yigit” deya ta’rifladi.

Bu muloqot AQSH tomonidan Asad rejimi uchun joriy etilgan sanksiya bekor qilinishiga yo‘l ochdi.

Darvoqe, BMT Inson huquqlari kengashining 2020 yildagi hisobotida Rossiya havo kuchlari tomonidan Bashar Asad foydasiga qilingan ayrim harakatlar “harbiy jinoyat” sifatida baholanishi mumkinligi aytilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/HARQk9oe_U4" title="Ahmad Ash-Shara’ Moskvada" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ahmad Ash-Shara’ Moskvada (+video)