Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi qoshida UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etilgan ta’lim markaziga ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil etildi.

Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Islom taraqqiyot banki va UNICEF bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasi doirasida tashkil etilgan.

Markazdagi tadbir maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish, pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, zamonaviy o‘quv-metodik jarayonlar bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

Mazkur media-tur davomida jurnalistlar markaz faoliyati, uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining yo‘lga qo‘yilishi, dars jarayonlarida professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or va innovatsion pedagogik texnologiyalar, shuningdek, tinglovchilar uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv muhiti hamda texnik infratuzilma bilan tanishtirildi.

Shuningdek, media-turda respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillariga markazdagi o‘quv xonalari, kompyuter sinflari, laboratoriyalar va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan amaliy mashg‘ulot maydonchalari ham ko‘rsatildi. Ayniqsa, tinglovchilarning interfaol usulda ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar ommaviy axborot vositalari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Markaz UNICEF tomonidan tavsiya etilgan zamonaviy texnik uskunalar bilan to‘liq jihozlangan bo‘lib, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori darajada tashkil etishga xizmat qiladi. Bu yerda o‘qituvchilar yangi pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirib, dars sifatini oshirish bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Media-tur yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari markazda olib borilayotgan ishlarni yuqori baholab, bunday tashabbuslarning ta’lim sifatini oshirishdagi muhim o‘rni haqida ijobiy fikr bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim markazi OAV ning diqqat markazida