Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning o‘ninchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ta’lim, agrar va gumanitar sohalarda hududlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlik almashinuvini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

2025 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yilga nisbatan 6,5 foizga o‘sgani, O‘zbekistonning eksport hajmi esa 17 foizga oshgani qayd etildi.

O‘zbekistonda Rossiyaning 14 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyat yuritmoqda. Ularda 20 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi parlament diplomatiyasi bugungi kunda strategik sheriklikning muhim tarkibiy qismiga aylangan. 

Iqtisodiy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash, madaniy almashinuv va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Majlisda mintaqalar o‘rtasidagi aloqalarning ahamiyatiga ham alohida to‘xtalib, Tatariston, Boshqirdiston, Moskva, Samara kabi oblastlar misolida hududlararo hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning harakatlantiruvchi kuchi sifatida qayd etildi. Parlament a’zolari bu tashabbuslarni qonunchilik jihatidan qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Qishloq xo‘jaligida ekologik toza mahsulotlarni Rossiya bozoriga yetkazib berish, transport-logistika tizimini takomillashtirish va fitosanitariya talablarini soddalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

Turizm almashuvini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport va viza tartibotlarini soddalashtirish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Gumanitar sohadagi hamkorlik – madaniy almashinuvlar, yoshlar dasturlari va ayol parlament a’zolari o‘rtasidagi muloqotni qo‘llab-quvvatlash – ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Rossiya: savdo-iqtisodiy, ta’lim, agrar va gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaytiriladi